3.4.Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi Korxonalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat19:
1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.
2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.
Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy o’sishning o’zoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish:
Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:
Yangi mahsulotlarni joriy qilish:
Texnologik o’zgarishlar:
Marketing tizimidagi o’zgarishlar:
Yirik Korxonalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:
NOU XAU ni tarqalishi:
Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:
Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:
Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi
Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri
Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:
Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:
3.5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari
Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi korxonalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini to’zishdir.
Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan Korxonalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy tahlili va xar bir Korxonaning bozordagi mavqeini bir biriga bog’laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va korxonalar strategik guruxlarga bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan Korxonalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo’lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o’zining raqobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim20.
Dostları ilə paylaş: |