O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n
r ejalashtirish tashkil etish motivatsiya nazorat qilish B) Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy ta’rifidan ishning aniq rejalariga o’tish imkonini beradi.
Qo’yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo’ladi. Agar yaxshi natijalarga erishmoqchi bo’lsangiz o’z oldingizga yaxshi maqsadlar qo’ying. Maqsadlar qisqa muddatli va o’zoq muddatli bo’ladi. Maqsadlar yana moliyaviy va strategik bo’ladi.
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki, moliyaviy mablag’lar yetishmasa kompaniya tang axvolga tushib qoladi.
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchaytirishga qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda xajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul tushumi, dividendlar kabi ko’rsatkichlarni ko’paytirishga qaratiladi. Strategik maqsadlarga esa Korxonaning raqobatga bardoshliligini oshirish, buning natijasida rivojlanishning yuqoriroq sur’atlariga, bozordagi salmogini oshirishga past xarajatlarga erishishga, korxonaning obro’sini oshirishga qaratilgan bo’ladi.
V) Maqsadlar - bu natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo’llaridir. Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o’rganilishi lozim. Kompaniyaning strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi:
chuqur o’ylangan, maqsadga qaratilgan xarakatlar;
voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish;
Strategiya - bu faqatgina menejerlar avvalroq o’ylab chiqqan xarakatlar emas , balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilshi lozim bo’lgan to’zatishlardir3.
Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik istedodi va fikrlashning strategik tarzi bo’lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish maxorati menejerning tadbirkorlik istedodiga bogliq.
Menejerning tadbirkorlik maxoratini belgilash mezoni uning yangi strategik imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o’chliligidir.Tadbirkorlik istedodiga ega bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirgochlar bo’ladilar.Ular yangiliklarni tez o’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar.
Kompaniya strategiyasiga to’zatishlar kiritish meyordagi oddiy holat xisoblanadi. Ba’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan‑kam xollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani qanday qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni xech qachon tark etmasligi lozim. SHuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir.
Kompaniya strategiyasi qator savollarga javoblardan iborat bo’ladi. Bu savollar quyidagilardan iborat:
ishniqanday rivojlantirish kerak?
mijozlarniqandayqilib qanoatlantirish kerak?
raqiblardan qanday qilib o’zib ketish mumkin?
o’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim?
kompaniyaning ayrim funktsional bo’linmalarini qanday boshqarish kerak?
moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin?
Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash va va strategiyani tanlash - bu kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashdagi asosiy vazifalardir. Kechikib to’zilgan strategik rejalar yoki o’z vaqtida kiritilmagan to’zatishlar xech qanday natija bermaydi.
G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;
mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;
korxona strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;
xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
erishiladigan natijalar va muqofotlar xajmini bir‑biriga bog’lash;
kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish;
kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
ichki raxbarlikni ta’minlash;
D) Yuqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor qayta ko’rib chiqiladi, chunki yangi yo’zaga keladigan holatlar to’zatishlar kiritishni talab qiladi. O’tgan tajribalar va kompaniyaning istiqbol maqsadlari o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini axtarish doimiy xisoblanadi.Strategiyani amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo’lib, ularni o’zgartirish kerak bo’ladi.