Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5-maydagi 3/15-1/3-64 sonli xati ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan a x
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 5-maydagi 3/15-1/3-64 sonli xati ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan A X BO R O T 11.05.2023- yil Namangan shahar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16- maydagi PQ-244- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturining 9.4-bandi “Profilaktika dasturlarini umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga pilot loyihasi sifatida joriy etish, olingan natijalarni o’rganishni tahlil qilish” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalar psixologlari va o’qituvchilari uchun “ Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish” bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy qo’llanma akademik litsey psixologi , o’qituvchilari va guruh rahbarlari ishtirokida seminar-trening o’tkazilib o’rganib chiqildi va amaliyotda foydalanish uchun yo’lga qo’yildi.
Seminar-treningda o’qituvchi va guruh rahbarlariga yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari A.Davlatov va litsey psixologi M.Shermatovalar psixoaktiv moddalar ning oldini olishda BMTning “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishigaqarshi kurash to’g’risida”gi Konventsiyasi muhim rol o’ynashi, mazkur konventsiyaga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyaga ko’ra, 1987-yil 26-iyundan boshlab har yili Giyohvandlik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash xalqaro kuni sifatida nishonlanayotganligi, O’zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashning zamon talablari asosida mustahkam huquqiy asoslari yaratilganligi, O’zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi (OITS) keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish to’g’risida”, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi qonunlari hamda boshqa bir qator qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar, harakatlar sezilarli natijalar berayotganligi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda aylanishini tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi moddalari ishlab chiqilib,kuchga kirganligi tushuntirib o’tildi.
SHuningdek voyaga etmaganlar o’rtasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish bo’yicha ishlarda psixolog va o’qituvchilarga qo’yiladigan asosiy talablar, psixologlar, o’qituvchilar va ota-onalar psixoaktiv moddalarga qaramlikning aniqlashda nimalarni bilishlari kerakligi, ta’lim muassasasida psixoaktiv moddalardan foydalanishni nazorat qilish bo’yicha tavsiyalar, ota-onalar va o’qituvchilar bilan ishlashda turli yoshdagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish bo’yicha tavsiyalar o’rganib chiqilganligi ta’kidlandi.
Seminar-treningda psixologlar va o’qituvchilar psixoaktiv moddalarga qaramlik ning oldini olish dasturlarini amalga oshirishda o’spirinlik davridagi hayotiy ko’nikmalar nimalar iborat ekanligi borasidagi bilim va tasavvurlarga ega bo’lishi lozim, shundagina ular o’spirinlarda tegishli hayotiy ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam bera olishi mumkinligi,psixologlar va pedagoglar o’smirlik davrida ro’y beradigan o’zgarishlarni tushunishlari kerakligi, o’qituvchilar o’smirlik davriga xos bo’lgan o’zgarishlar, ota-onadan uzoqlashish, o’z-o’ziga ishonch hissini rivojlantirishning tabiiy jarayonining bir qismi ekanligini bilishi, xulq-atvordagi o’zgarishlarning to’liq spektridan xabardor bo’lishi kerakligi, bu o’smirlik davrining boshida chuqur kognitiv o’zgarishlar ro’y berishi, o’smirning dunyoni idrok etish va fikrlash tarzini sezilarli darajada o’zgartirib borishi, ushbu jarayonlar o’smirdagi o’z mustaqilligi va kattalar dunyosida ishonchni his qilish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar ekanligidan dalolat berishi ta’kidlandi.
“ Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish” bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy qo’llanma akademik litseyda guruh rahbarlari tomnidan 19 ta guruhda o’quvchilar ishtirokida o’rganib chiqildi.
Guruhlarda guruh rahbarlari tomonida “ Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish” bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy qo’llanma o’quvchilar bilan o’rganib chiqish vaqtidan lavha.
Guruhlarda guruh rahbarlari tomonida “ Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish” bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy qo’llanma o’quvchilar bilan o’rganib chiqish vaqtidan lavha.