Namangan muhandislik qurilish instituti


Reja: 1. Termoqolip tuzilishi. 2. Termoqoliplarda kotish jarayoni. Tayanch so’zlar



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə28/54
tarix31.07.2023
ölçüsü5,27 Mb.
#138107
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Иссиклик техникаси УМК yangisi

Reja:
1. Termoqolip tuzilishi.
2. Termoqoliplarda kotish jarayoni.
Tayanch so’zlar: Termoqolip, Termoqoliplarda kotish jarayoni, Qizitish.

Qizitish bo’lmalaridan petrolatum chiqarish kollektoriga quyiladi va so’ng bakka to’planadi. Petrolatum quvurlarda to’xtovsiz aylanib turadi, harorat 95-100°S ga yetganda isituvchi kasseta tashqarisidagi quvurlarda aylana boshlaydi. Temir-beton buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan kasseta texnolgiyasining qator afzallik va kamchiliklari bor. Buyum kassetalarda tayyorlanganda yig’ma detallarning aniqligi yuqori bo’lishiga erishiladi, beton yuzasi tekis bo’ladi. Betonni kontakt usulida qizdirish natijasi uning mustahkamligi ochiq qolipdagiga qaraganda 10-20% oshiq bo’ladi. Kassetadagi betonni ochiq yuzasi kam bo’lgani uchun harorat tez ko’tarilishiga erishiladi (60-70°S). Kassetadagi buyumni oldin ushlab turmasdan qizdirish mumkin va beton harorati kassetali moslamalarda 100°S ga yetadiva bu ko’rsatkich chuqur shakldagi kameralarda 85-90°S dan oshmaydi. Biroq kassetada tayyorlangan betonning mustahkamligi turli balandlikda turlicha bo’ladi. Bu holat isitish tartibi qisqa bo’lganda ayniqsa aniq bilinadi.


Mustahkamlikning turlicha bo’lishi isitish intensivligi turlichaliligi bilan izohlanadi. Bug’ kiradigan joyga yaqin zonalar tezroq qiziydi. Kassetali usulning yana bir kamchiligi qoliplar uchun metallning ko’p ishlatilishi, kassetalarni tozalash va moylashning noqulayligi, qo’zg’oluvchanligi yuqori bo’lgan beton qorishmasini ishlatish zarurligi kiradi. Kassetalardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qator hollarda ikki bosqichli qizitish usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Birinchi bosqichda buyum yetarli darajada mustahkamlikka erishgunga qadar kasetalarda 5-7 soat qizdiriladi va uning mustahkamligi 5-7,5 MPa ga yetkaziladi. Ikkinchi bosqichda beton chuqurli kamera yoki issiq tutadigan stellajlarda jo’natiladigan darajada qotgunga qadar qotadi. Qizdirishni tezlatish va isitish bo’lmalarida haroratni bir xilda taqsimlash uchun ejektorlardan va bug’ni purkagichlar orqali intensiv yuborish usullaridan foydalaniladi. Buyumni kontakt usulida qizdirish moslamalariga gorizontal termoformalar ham kiradi. Vertikal termoformalardan farqli ravishda ularda buyum yuzasi bir tekis qiziydi.
G’ovakli to’ldiruvchilar asosida tayyorlangan yengil betonli devor panellari termoformalarda haroratni 2-3 soat davomida ko’tarish, izotermik tutib turish 3-5 soat davomida90-95°S da bo’lishi tavsiya etiladi. Qo’zg’oluvchan gorizontal termoformalarda yirik panelli konstruktsiyalarni qizdirish uchun paketlar tayyorlanadi. Termoforma paketini tayyorlash uchun maxsus paketlovchi moslama ishlatiladi (13-rasm).

rasm. Termoformalarni paketlovchi moslama
1-ajratuvchilar; 2-termoformalar; 3-estakada; 4-uzatuvchi vagonetka;
5-bug’ni jo’natuvchi avtomatik klapanlar; 6-qo’zg’oluvchan ko’tarish stoli;
7-bug’ni taqsimlash; 8-avtomat tizim mexanizmi ijrochisi
Issiqlik bilan ishlov berish vaqtida paketda isitish muhiti har bir buyum uchun ratsional darajaga keltiriladi. Isitish boshlanganda kerakli bosim bo’ladi, isitish boshida nisbiy namlik 50-60% va qizidirsh vaqtida 90-95% bo’ladi. Buyum paketlarda qizdirilganda issiqlik ikki tomondan beriladi. Paketda qizidirilgan buyumlarning mustahkamligi, atmosfera bosimida ishlov berilganiga nisbatan 20-25% oshadi va uning boshqa xususiyatlari ham oshadi. Bunday usul konveyerlarda va asosan yirik panelli qurilishlar uchun buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnologik liniya tarkibiga termoqolipli paketlovchilar, qoliplarni tozalash va moylash postlari, qoliplash poslari kiradi.
Bu usul asosan alohida statsionar qoliplarda devorlariga biriktirilgan vibratorlar yordamida beton qorishmasini zichlash uchun qo’llaniladi. Ayrim hollarda zichlash vibrouyg’otuvchilar bilan jihozlangan harakatlanuvchi qoliplarda ro’y beradi. Vertikal vibroqoliplarda trubalar, ventilyatsion bloklar, yashash joylari uchun sanitar-texnik kabinalar, binolarning hajmli elementlari, zinapoyalar, karniz bloklari, balkalar, ichki devorlar panellari, to’siqlarni tayyorlash ratsional hisoblanadi. Bu usul o’lchamlarning yuqori darajada aniqligi, mahsulotlarning qirralarining to’ppa-to’g’riligi va yon tomonlarining silliqligi bilan farqlanadi. Vertikal vibroqoliplar gorizontal qoliplarga nisbatan ancha murakkab konstruktsiyaga ega, ularda bitta asosiy qoliplanuvchi tesiklik o’rniga kamida ikkitasi mavjud bo’ladi. Bu teksiliklar ikkala vertikal tekis va profilli devorlar yordamida hosil etiladi. Murakkab profilli va quyuq armaturalangan vertikal qoliplarda mahsulotlarni qoliplashda hamma kesimlari bo’ylab bir xil zich tuzilmali betonni hosil qilish qiyin bo’ladi. Bu hollarda qorishma qolipga osilib qo’yiladigan vibratorlar yordamida zichlashtiriladi.
Nazorat savollar:
1. Petrolatum nima.
2. Termoqolip xaqida so’zlang.
3. Termaforma paketi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.



Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin