Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə24/54
tarix31.07.2023
ölçüsü5,27 Mb.
#138107
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Иссиклик техникаси УМК yangisi

Tayanch so’zlar: Silikat betonlar, Avtoklav, Betonga issiqlik ishlov berish.

Avtoklav usuli betonga issiqlik ishlov berishning boshqa bir ko’rinishi bo’lib, u beton qotishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Bug’lash usulidan farqli ravishda avtoklavlarda betonning qotishi 0,9-1,3MPa bosimdagi va 175-191 °S to’yintirilgan bug’ sharoitida yuz beradi. Oxirgi vaqtlarda suv bug’ining harorati 200-225°S ga ko’tarishning samardorligi tasdiqlangan. Haroratni oshirish uchun suv bug’i o’rniga qizdirilgan par va bug’ gazli muhitdan foydalanish mumkin. Bizning sharoitda avtoklav usulidan yacheykali beton tayyorlashda keng foydalaniladi. Og’ir avtoklav betonlardan ham buyum va konstruktsiyalar tayyorlanadi. Avtoklav usulining asosiy afzalligi – tsement o’rniga ancha arzon mahalliy bog’lovchi vositalar va turli xom ashyoni, shuningdek sanoat chiqindilarini ishlatish mumkinligidir. Avtoklav usulida ishlov berish natijasida bog’lovchilar gidratatsiyasi tezlashish sababli betonning qotishi tezlashadi va bundan tashqari, yangi tsementlovchi moddalar – kalьtsiy va magniy gidrosilikatlari hosil bo’ladi. Harorat yuqori bo’lgan va bug’ bosimi baland sharoitda ushbu birikmalarning sintezi hosil bo’ladi va boshqa holatlarda ular bir-biri bilan birikmaydi. Ko’pincha ohak-kremnezyomli bog’lochilar avtoklav usulida ishlovdan o’tadi. SHuningdek, ohak-shlak, ohak-kul va boshqa kimyoviy faol moddalar avtoklav texnologiyasi bilan ishlanadi. Sxemaga binoan avtoklav ishlov berishning beshta bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqichda bug’ berilib avtoklavdagi harorat 100°S ga yetkaziladi. Bu davrda buyumning harorati bug’ haroratidan past bo’lgani uchun issiqlik almashish buyum yuzasida kondensat hosil bo’lishi vositasida amalga oshadi. Muhit bilan buyum harorati orasidagi farq 30- 50°S ga yetishi zararli natijalarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi bosqich avtoklavdagi bosim oshganda, ya’ni t > 100°S bo’lishi bilan boshlanadi. Bosim oshganda issiqlik almashinishi tezlashadi va buyumni barcha qismi qiziydi. Uchinchi bosqichda buyum ma’lum harorat va bosimda ushlab turiladi. Ushlab turish vaqti 30-60 daqiqaga yetganda buyumni barcha qismidagi harorat bir hil bo’ladi.


Ushlab turish vaqti bosim oshishi bilan kamaytiriladi. To’rtinchi bosqichda bosim kamaya boshlaydi. Bu vaqtda buyum harorati muhit haroratidan baland bo’ladi va shu bois material g’ovaklarida bug’ hosil bo’ladi. Bu bosqichda buyumda darz paydo bo’lishi mumkin va bunga yo’l qo’ymaslik uchun avtoklavdagi bosimni imkon qadar sekin kamaytirish kerak. Beshinchi bosqichda buyum harorati 100°S dan meyordagi haroratga qadar tushiriladi. Bunda ham harorat buyumda mikrodarzlar hosil bo’lmaydigan darajada tushirilishi kerak. Ohak va portlandtsement asosidagi bog’lovchilar ishlatilganda izotermik ushlab turishdagi optimal bosim 1,2-1,6 MPa hisoblanadi. Sanoat chiqindilari, masalan, nefelin shlami ishlatilganda optimal bosim 1,6-2 MPa bo’ladi. Avtoklav ishlov berishning muddati bug’ bosimiga bog’liq bo’ladi. Bosim past sharoitda (≤ 0,9 MPa) izotermik tutib turish muddatining oshirilishi buyum mustahkamligini oshirish imkonini beradi. Bosim yuqori bo’lgan sharoitda esa natija aksincha bo’lishi mumkin. 6-jadvalda yacheykali beton uchun tavsiya etilgan avtoklav ishlov berish rejimlari ko’rsatilgan. Avtoklavdan bug’lash haroratini pasaytiruvchi havoni chiqarish uchun avtoklavga bug’ purkaladi. Oxirgi vaqtlarda avtoklavdagi harorat va bosimni oldindan havo jo’natmasdan, germetik avtoklavga boyitilgan bug’ jo’natish bilan tez ko’tarish taklif etilayapti.
Izotermik ushlab turishning 3-4 soatidayoq harorat bilan to’yintirilgan bug’ bosimi orasidagi to’la muvofiqlikka erishiladi. Taklif etilayotgan usul qolipsiz yangi tayyorlangan yoki ochiq qolipdagi buyumni bug’langanda ayniqsa samarali bo’ladi. Haroratning tez ko’tarilishi va avtoklavdagi ortiqcha bosim harorat ta’sirini oshiradi va buyumni barcha yuzasi bir hil qizib beton mustahkamligi ortadi. Bu usul bug’lash rejimini 2-3 soatga kamaytirish imkonini beradi, betonning mustahqamligi, sovuqqa chidamliligi ortadi, suvshimuvchanligi 15-20%ga kamayadi. Bosim kamayishi muddatini qisqartirish va bosim kamaygandan so’ng buyum namligini kamaytirish uchun avtoklav muhitini 1-2 soat davomida 50-60 MPa ga qadar vakuumlash tavsiya etiladi.
Avtoklav (8-rasm) gorizontal tsilindr shaklidagi gorizontal, payvandlangan idish ko’rinishida, yechiladigan qopqoqli bo’ladi. Avtoklavlar diametri 2,6 va 3,6 m va uzunligi 20-30 m o’lchamda chiqariladi. Qopqog’i maxsus moslamalar yordamida germetik yopiladi (9-rasm). TSexning joylashish shakliga qarab berk yoki o’tkazuvchi avtoklavlar ishlatiladi.

Yacheykali betondan tayyorlangan buyumlarga avtoklav ishlov berish


tartibi




rasm. Avtoklavlar
a berk ko’rinishli; b o’tkazuvchi; 1-qopqoq; 2-qopqoqni ko’tarish va
tushirish mexanizmi; 3-manometr; 4-saqlovchi klapan; 5-korpus; 6, 7, 8-bug’ni
chiqaruvchi, bug’ni kirituvchi va kondensatsiyalovchi magistral

rasm. Bayonet yopqichli avtoklav
1 - flanets; 2-flanetsning turtib chiqqan joyi; 3-qopqoq; 4-reduktor
dastagi; 5-qopqoq moslamasi; 6-tishli sektor;

rasm. Avtoklavdagi bug’ o’tkazgichlar sxemasi
1-bug’ beruvchi magistral; 2-bug’ni o’tkazuvchi magistral; 3-bug’ni
chiqaruvchi magistral; 4-kondensat magistrali
Nazorat savollar:
1.Avtoklav nima.
2.Avtoklav ishlash printsipi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.


6-ma’ruza: Avtoklavlarning tuzilishi va ishlash printsipi. Kontakt usulida issiqlik uzatish yordamida beton qotish jarayonini tezlatish usuli. Vertikal kasseta qurilmalarida kontakt usulida beton qotishini tezlatish.
1. Kontakt usulida beton qotish jarayonini tezlatish.
2. Vertikal kasseta qurilmalarida beton qotishini tezlatish.

Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin