Kattiq yoqilgining yonishi. Kattiq yoqilg’ini yonish jarayoni ketma - ket keladigan kuyidagi bosqichlardan tashkil topgan qizdirish, namlikni bug’lanishi, uchuvchan moddalar- ni ajralishi va koksning hosil bo’lishi, uchuvchan moddalar va koksni yonishi.
Bu bosqichlardan asosiysi, koksni, ya’ni uglerodni yonishi xisoblanadi. Bundan tashqari koksni yonishi qolgan bosqichlarga qaraganda ko’prok davom etadi (yonish vaqtining 90% gacha) va xuddi shu bosqich qolganlari uchun issiqlik sharoitini yaratadi. YOnish bosqichigacha bo’lgan bosqichlar uchun issiqlik sarflanadi. Bu sarflar yonish issiqligining 20 - 25 % gacha bo’lishi mumkin. YOnish to’liq va to’liqmas (chala) bo’ladi. YOqilg’ining yonuvchan elementlari kislorod bilan kuyidagicha reaktsiyaga kirishib yonsa, bunday yonish to’liq yonish deyiladi:
S + O2 =SO2+ Q
bunda Q - yonish vaktida ajralib chiqkan issiqlik miqdori. Bu reaktsiya kilomollarda quyidagicha yoziladi.
yoki
12S + 32O2=44SO2+409 MJ/kmolь
S +8/3O2 = 11/3SO2 +34,1 MJ /kg
tenglamadan ko’rinib turibdiki, 1 kg utlerodni to’liq yonishi uchun 8/3 kg kislorod za- rur bo’ladi. Reaktsiya natijasida 11/3 kg SO2 xosil bo’ladi va 34,1 MJ issiqlik ajralib chiqadi. Vodorodning yonishi:
yoki
2N3+O2=2N2O+242 MJ/kmolь
N2+8O2=9N2O+121 MJ/kg
Bu reaktsiyada 1 kg N2 yonishi uchun 8 kg kislorod zarur bo’ladi, reaktsiya natijasida 9 kg suv bug’i xosil bo’ladi va 121 MJ/kg issiqlik ajralib chiqadi.
Oltingugurtning yonishi:
yoki
S+O2=SO2 + 289 MJ/kmolь
S + O2 = 2SO2 + 9.04 MJ/kmolь
1 kg oltingugurt yonganda 1 kg kislorod sarflanadi. Reaktsiya natijasida esa 2 kg SO2 hocil bo’ladi va 9,04 MJ issiqlik ajraladi.
YOnish maxsulotlari ichida yonuvchan elementlar va yonmagan yoqilgi zarralari qolgan bo’lsa, bunday yonish to’likmas (chala) yonish deyiladi.
Uglerodning chala yonishi:
yoki
2S+O2 =2SO+246 MJ/kmolь
S+4/3O2 = 7/3SO + 103 MJ/kmolь
ya’ni 1 kg uglerod chala yolganda ½ kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa 7/3 kg SO hosil bo’ladi va 10,3 MJ issiqlik ajralib chiqadi.
Hosil bo’lgan utlerod oksidi yonadi:
2SO+O2=2SO,+286 MJ/kmolь
yoki
SO + 4/7O2 = 11/7 SO2+5,1 MJ/kg
ya’ni 1 kg SO yonishi uchun 4/7 kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa 11/7 kg SO2 xosil bo’ladi va 5,1 MJ issiqlik ajraladi.
YOqilg’i to’liq yonganda uglerod, vodorod va oltingugurtning yonishida olinishi mumkin bo’lgan barcha issiqlik chiqadi. YOnish maxsulotlarida yoka yonmaydigan moddalargina: karbo- nat angidrid SO2, suv bug’lari N2O va oltingugurt angidrid SO qoladi.
YOnuvchi elementlar chala oksidlanganda yonish maxsulotlari bilan birga ko’p mikdorda utlerod (II)-oksid SO, vodorod N2, metan SN4 va yona oladigan boshqa uglevodorodli birik- malar ham chiqib ketadi.
Xozirgi zamon o’txona texnikasida qattiq yoqilg’ini yoqishning asosan to’rt xil usuli - qatlamli, qaynayotgan qatlamli, mash’alali va uyurmali yonish usullaridan foydalaniladi (1
- rasm).
1-rasm. Qattiq yoqilgi o’txonalari tasnifi: a) qatlamli usul; 6) qaynayotgan qatlamli usul; v) mash’alali usul; g) uyurmali usul.
YOnayotgan qatlam tuzilishini ko’rib chiqish yonish jarayonini chuqurroq o’rganish imko- nini beradi (1 - rasm)
Qatlamli yonish - bu yoqilg’ini panjarali o’tdonda qatlamlab yoqish usulidir.
Dostları ilə paylaş: |