Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Kompozitsion polimer materiallarining mashinasozlikdagi o’rni



Yüklə 352,55 Kb.
səhifə2/3
tarix10.06.2022
ölçüsü352,55 Kb.
#61145
1   2   3
TAQDIMOT Isoqjonov

Kompozitsion polimer materiallarining mashinasozlikdagi o’rni
Polimer materiallarini qayta ishlash va ularning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan barcha jarayonlar polimerlarning tuzilishi va xossalarining o'zgarishiga olib keladi. Bunday jarayonlar polimerlarni qaritadi. Mexanik ta'sir ostidagi polimerda ichki kuchlar bir tekis tarqalmaydi, ular polimer zanjirining ayrim joylarida to'planib, kimyoviy bog'larni uzadi. Kimyoviy bog'larning uzilishi natijasida makroradikallar hosil bo'ladi. Mexanik destruksiya natijasida makroradikallarning hosil bo'lishi paramagnit rezonansi, polimerlar mexanokrekingda monomerlarning polimerlanishi erkin radikallarning akseptor moddalar bilan o'zaro ta'sirlashuvi bilan isbotlanadi.
Polimerlarning mexanik-kimyoviy destruksiyasida erkin radikallar hosil bo'ladi. Bu jarayon ham zanjirsimon jarayon bo'lib, uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda aktiv markazlar hosil bo'ladi. Ikkinchi bosqichda reaktsion zanjir o'sadi. Uchinchi bosqichda esa reaktsion zanjir uziladi. Mexanik ta'sir natijasida polimerning o'rtacha polimerlanish darajasi kamayadi, molekulalararo bog'larning ba'zilari uzilganligi uchun polimerning eruvchanligi ortadi, elastomerlarning plastikligi o'zgaradi, makromolekulaning konformatsiyasi o'zgaradi, chidamliligi kamayadi, yangi funksional gruppalar hosil bo'ladi. Mexanik destruksiya natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlardan amalda turli maqsadlar uchun foydalaniladi. Polimerlarni issiqqa chidamli qilish polimerlar kimyosi va texnologiyasining muhim vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Karbozanjirli polimerlardan yuqori haroratga chidamligi ftoroplast bo'lib, u uzoq vaqt davomida 300 0C haroratga chidaydi. Tarkibida aromatik yadro bo'lgan polimerlar ham issiqqa chidamli bo'ladi. Polimerlarning qizdirishga chidamliligi termik parchalanish tezligi polimerning kimyoviy tuzilishiga bog'liq.
Hozirgi zamon mashinasozlik texnika va texnologiyani yaratishda materiallar, jumladan metallar mashinasozlikning nisbiy puxtalik, korroziya bardoshlik, texnologiklik kabi talablarga javob bermay qo‘ydilar. Shuningdek, an’anaviy mashinasozlik materiallarining zaxiralari borgan sari kamayib, ularni olish qimmatlashib ketganligi ham yangi materiallar yaratilishini yoki mavjud konstruktsion materiallar zahirasini hosil qilishni talab etmoqda.
Bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borilishi zarur:
-materiallarni tejab ishlatish;
-strukturaning xossalarga ta’sirini oshirish;
-yangi xom ashyo turlarini izlab topish;
-yangi konstruktsion materiallarni ishlab chiqarish.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib kerakli xususiyatli yangi materiallarni o’ylab topish lozim bo‘lib qoldi. Bu muammoni hal qilishda sintetik, tabiiy va sun’iy bog’lovchilar asosida yangi materiallarni olish alohida o‘rin tutadi. Ushbu materiallarni olishda asosiy komponent bo’lgan, keng tarqalgan va perspektiv materiallar qatorida plastik massalar, rezina, yog’ochli plastiklar, keramik materiallar, kompozitsion materiallar va boshqalar mavjud.
Tabiiy resurslarning kamayib borishi hisobiga xozirda materiallarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun materiallarni sun’iy ravishda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yog’och, charm, jun, ipak, oyna, kauchuk kabi materillarning o’rnini bosa oladigan sun’iy materiallar ishlab chiqarilmoqda. Ular uchun neft mahsulotlari va gazni qayta ishlash natijasida olinadigan qo’shimcha maxsulotlar xom ashyo bo’lib xizmat qiladi.
Yuqori molekulyar birikmalar bo’lgan polimerlar mustaqil konstruktsion material sifatida yoki boshqa materiallar bilan birgalikda kompozitsion material sifatida hamda lok, parda, tola, bo’yoq va yelim sifatida ham qo’llanilishi ushbu materiallarning hozirgi kundagi o’rni muhim ekanligini belgilaydi.
Har xil matritsalar asosidagi kompozitsion materiallarning o’rni alohida, kompozitsion materiallar o’z ichiga olgan materiallar xossasini qaytaribgina qolmay, hech qaysi tashkil etuvchiga to‘g‘ri kelmaydigan xususiyatlarga ega. Kompozitson materiallami ishlab chiqarishni birdaniga ko‘payib ketganligining sababi ham shunda.

Yüklə 352,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin