Kompozitsion materiallar an’anaviy konstruktsion materiallarga nisbatan alohida xossalarga ega. Bu narsa ijobiy xususiyatli materiallarni va konstruktsiyalarni yaratishga olib kelmoqda. Kompozitsion materiallar ikki va undan ortiq tashkil etuvchilardan-komponentlardan tuzilgan murakkab material bo‘lib, har xil usullar bilan bog‘langan va o‘ziga xos xossalari bor.
Kompozitsion materiallar mashinasozlik va avtomobilsozlik apparat va jihozlariga qo‘yilgan talablarga javob berishi bilan ajralib turadi:
-yengil bo‘lishligi;
-maksimal mustahkamlik va bikirlik;
-ishlash davrida maksimal ishlash resursi;
-nisbatan arzonligi;
-ishlatish jarayonida qulayligi;
-texnologik, mexanik va ekspluatatsion talablarga javob berishi shular jumlasidandir.
Metallmas materiallarning puxtaligi, yengilligi, issiqqa (300-400 °C) va kimyoviy chidamliligi, yuqori izolyatsion xususiyatlari, ayniqsa, texnologik va ekspluatatsion xossalarining yaxshiligi, maksimal cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi (110 MPa) va zarbiy qovushqoqligi (809 kJ/N), ishlash davrida maksimal ishlash resursi ulardan keng qamrovli qo’llanilishiga yo’l qo’yadi.
Polimerlar asosan, tabiiy va sun’iy bo’lib, tabiiy polimerlarga sellyuloza, slyuda, asbest, grafit, paxta va boshqalar, sun’iylariga polietilen, viskoza, sintetik kauchuk va boshqalar kiradi.
Ma’lumki, polimerlarning zichligi kamligi, namga va suvga bardoshliligi, gaz o’tkazuvchanligi kabi xossalari yaxshi. Issiqbardoshliligi va issiqlik o’tkazuvchanligi metallarga nisbatan past. Issiqlik o‘tkazishi kichik bo’lganligi sababli bunday materiallar issiq izolyatsiya materiali sifatida ishlatilishiga imkon yaratadi. Polimerlarning har xil nurlarga qarshilik ko‘rsatish, oksidlanish, atmosfera havosiga chidamlik xossalarining mavjudligi, ulami himoy vositasi sifatida ham ishlatilishga imkon yaratadi.
Xulosa Insoniyat o’z taraqqiyoti davrida foydalangan materiallar, rivojlanish bosqichlarida hamma vaqt ham muhim va ko’p hollarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Hattoki, taraqqiyot bosqichlari ular bilan bog’lanib, tosh asri, bronza asri, temir asri kabi nomlar olgan.
Bugungi kunda barcha sohalarda foydalanilayotgan materiallar turkumining ko’lamiga ko’ra, asrimizni polimerli kompozit materiallar asri deb atalsa mubolag’a bo’lmaydi. Inson hayotida polimerlarning ahamiyati shu qadar kattaki, kishilarning turmush darajasi haqida bu materiallarni iste’mol ko’lamiga qarab fikr yuritish mumkin. Ma’lumki polimer modda va polimer materiallar o'rtasida keskin farq bor.
Polimer modda materialga o'tishi uchun ko’p hollarda unga turli kimyoviy qo’shilmalar kiritish zarur. U qo’shilmalar, moddaning fizik va kimyoviy xossalarini, issiqlik va yorug’likka barqarorligini, mexanik mustahkamligi va iqlimbardoshliligini, suvga chidamliligi va boshqa xususiyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Odatda ko’p polimer materiallarga noorganik tabiatga ega bo’lgan moddani- to’ldiruvchini kiritib modda xususiyatlari o’zgartiriladi.
Yetarlicha kompleks xossaga ega materialga bo’lgan talab yuzaga kelsa, yangi turdagi polimerlarni sintez qilib, ularni ishlab chiqarilishiga erishish, hamma vaqt ham maqsadga muvofiq kelavermaydi. Bu yo'l juda murakkab, uzun, hamda katta mablag’ talab etishi bilan birga, kutilgan natijaga erishish ehtimolligi ham yuqori bo’lavermaydi. Shuning uchun mavjud polimerni kimyoviy o’zgarishga uchratilishi (modifikatsiyalash), ularning boshqa tabiatli modda bilan kombinatsiyasi, boshqacha tuzilishga o’tkazilishi kabi ishlarning bajarilishi natijasida olinadigan materialni mustahkamlash, unga alohida to’ldiruvchi turiga bog’liq holda kompleks xususiyat baxsh etish va arzonlashtirish kabi muammolarni hal etish mumkin bo’ladi. Shuning uchun, so’nggi yillarda polimerlar haqidagi fanda birinchi o’rinda polimerli kompozit materiallar yaratish muammosiga e’tibor kuchaymoqda.
Bunday materiallarni olishning ilmiy asosini ishlab chiqilishi, plastiklar doirasini anchayin kengayishiga hamda avval yaratilgan va ishlab chiqarilayotgan polimerlar asosida ularning xossalari turini orttirishga imkon yaratdi.
E`tiboringiz uchun rahmat !