Ushlagich tayyorlash. Asbob va moslamalar:ish qutichasi, ushlagich uchun gazlama (16 x 31 sm), chizg‘ich, qalam, igna, ip.
Gazlamani tayyorlash: o‘ngini ichiga qaratib ikkiga buklanadi (8 x 31 sm) va 3 tomon chetidan 0,5 sm ko‘klab chiqiladi hamda o‘ngiga ag‘darish uchun 3–4 sm joy tikilmay qoldiriladi.
Qo‘l ishini bajarishda o‘rta barmoqqa angishvona tutiladi. Qoldirilgan qismidan o‘ngiga ag‘darilib, choklari to‘g‘rilanadi va dazmollanadi.
3. Tayyorlangan gazlama teng uch bo‘lakka (7 x 10 sm) bo‘linib pa rallel chiziqlar o‘tkaziladi.
4. Gazlamani hamma chiziqlar ustidan qo‘lda ko‘klash qavig‘ida tikib chiqiladi.
5. Ushlagichning atrofini tekislab, dazmollanadi. Bir uchiga ipdan ilgak chatiladi.
Gazlamalarni silliqlash, tikilgan buyum choklarini tekislash uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to‘g‘ri foydalanilsa, ish sifatli chiqadi. Dazmol yengil, o‘rta, og‘ir vaznli bo‘ladi. U 1 kg dan 10 kg gacha bo‘lib, 1–3 kg li yengil, 4–8 kg gacha ustki kiyimlarni dazmollashda ishlatiladi. Choklarni, kiyimlarni, gazlamani teskari tomonidan dazmollash kerak.
.V. Darsni yakunlash.(5 daqiqa)
a)uyga vazifa bеrish: Amaliy mashg’ulotni yakunlab kеlish,quroq tikish uchun kеrakli bo’lgan ashyolarni olib kеlish.
b) ish o’rnini yig’ishtirish.Darsga nisbatan fikr, mulohazalarini bilish.
Dostları ilə paylaş: |