Shu sababli ishlaringizni tugatib mo‘tabar O‘zbekistonga safaringizni rejalashtiring, mamnun qolishingizga ishonchimiz komil!
Shu sababli ishlaringizni tugatib mo‘tabar O‘zbekistonga safaringizni rejalashtiring, mamnun qolishingizga ishonchimiz komil!
O‘zbekiston tabiatining so‘limligi, geografik jihatdan qulay joylashgani, hayvonot dunyosining xilma-xilligi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Vatanimiz hududidan Osiyoning asosiy daryolaridan bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi. Yurtimiz shimolida esa Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘lari yastanib yotibdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda jahonning eng yirik cho‘llaridan biri bo‘lgan Qizilqum cho‘li hamda Orol dengizi mavjud.
Yurtimizni qushlarning sevimli maskani deyish ham mumkin. Chunki vatanimizda yashaydigan 688 turdagi hayvonlarning 441 tasi qushlardir. Ammo odamlarning tabiat muhofazasiga beparvolik qilgani, o‘simliklarni payhon qilib, hayvonlarni ovlagani tufayli oxirgi 100 yil ichida yurtimizdagi noyob jonzotlar keskin kamayib ketdi.
Заголовок:
2.Jamiyat nima ?
Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi.
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degani masala qadim zamonlardanoq ulug mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga kunikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafaqqur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga qirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan. Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi. Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir.
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar g’iradi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim urin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jixatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taksimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shugullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos urin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo’shadi.
Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izoxlagan. K.Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy xodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni xal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taqlif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yog’lama va xato ekanini ko’rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan xolda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga quygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga g’uygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorliqqa extiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir teg’is faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’inlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turginlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik begarorlik bilan, ing’iroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy soxalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tugiladi va ularni xal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy saloxiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy to’zum kishilarni boshqarishning o’ziga xos usullarini xayotga tadbiq etadi. Insoniyat xayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan utgan. Beqarorlik ichg’i va tashqi jarayon va taxdidlar natijasida vujudga keladi
3.Tabiatni asrash yo’llari
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5–4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq.
Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, masalan, ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir.
Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi.