III. Yangi mavzu bayoni. Bugun quyidagilarni o’rganami. 1. Vatanparvarlik nimani anglatadi?
2. Vatanparvarlik qayerda va qanday shakllanadi?
3. Vatanparvar inson qanday fazilatlarga ega?
V atanparvarlik – kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbat va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha xalqlar va millatlar uchun umumiy bo‘l gan, asrlar davomida sayqalla nib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Bu Vatanning o‘tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namo yon bo‘ladi. “Vatanni sevish iymondandir ”, – deb bejiz aytishmagan.
Vatanparvarlik tuyg‘usini Vatanning porloq kelajagi uchun xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizning tashabbuslarida ham ko‘ri shimiz mumkin:
• o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar, o‘qituvchilar, quruvchilar kabi xalqqa
• sportchilarimizning olimpiadalardagi g‘alabalari;
• sizning o‘qishdagi yutuqlaringiz, bilim olishga mas’uliyatli yondashuvingiz, maktab mulkiga ehtiyot korona munosabatingiz.
Vatanparvarlik Vatan ravnaqi va gullab-yashnashiga hissa qo‘shishdir. O’zbekiston Qahramoni, xalq o’qituvchisi Allaniyoz Uteniyazov o’z qo’llari bilan Nuksuda40 dan ortiq binolarni qurgan. Ular orasida turarjoy bino lari, bolalar bog‘chalari, maktablar va shifoxonalar mavjud. U o’z qo’llari bilan quygan 860 000 dona g‘isht xona donlar ning de vorlariga terilgan.
1994- yildan buyon Birlashgan Millat lar Tashkiloti ta shabbusi bilan 17- iyun Butun jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qar shi kurash kuni sifatida nishonlanadi.
Namoz Jumayev ajoyib qahramon liklarni amalga oshirgan oddiy mehnat faxriysi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Namoz Jumayev va Allaniyoz Uteniyazovni vatanparvar in sonlar deb atash mumkinmi? Javobingizni asoslab bering.
2. O‘zining mehnati bilan ibrat bo‘lgan yana qanday insonlarni bilasiz, ular haqida insho yozing.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.