Namangan xalqaro universiteti


Ushbu Shartnoma uchta haqiqiy nusxada (ikki nusxada, agar to‘lovchining o‘zi



Yüklə 89,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix25.09.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#148610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
64db35a39846859d0d5e2f33

6.9. Ushbu Shartnoma uchta haqiqiy nusxada (ikki nusxada, agar to‘lovchining o‘zi
talabaning o‘zi bo‘lsa), teng huquqli kuchga ega bo‘lgan har bir tomon uchun bir nusxada
tuziladi.
6.10. Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
tomonlarning yozma kelishuvi bilan o‘zgartirilishi, bekor qilinishi mumkin;
6.11. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizolar yoki kelishmovchiliklarni
tomonlar muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga intiladilar. Muzokaralar yo‘li bilan tartibga solinmagan
shartnoma bo‘yicha nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan sud
tartibida hal etiladi;
6.12. Ushbu ommaviy oferta bo‘yicha talaba yoki to‘lovchi shartnoma talablarini qabul
qilganligining sharti bo‘lib dastlabki to‘lovni amalga oshirganligi xisoblanadi.
 


7. FORS - MAJOR
7.1. Tomonlar fors-major holatlari yuzaga kelganda mazkur shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi;
7.2. Tomonlar shartnomani bajarmaslik yoki kechiktirmaslik yoki bajarmaslik oqibatlari
yoki ushbu shartnoma bajarilishining kechikishi uchun, agar bu Shartnoma ishtirokchilariga bog‘liq
bo‘lmagan hollarda sodir bo‘lgan har qanday voqea, shu jumladan, faqat davlat organi yoki
ma'muriyati tomonidan qabul qilingan tabiiy ofat, urush yoki favqulodda holat bilan cheklanmagan
holda, ular taraflar tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon
bermagan hollarda boshqa shaxs oldida javobgar bo‘lmaydilar.
7.3. Shartnoma tomonlardan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan
kuchlar (fors- major) holatlar ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonni 10 ish kuni ichida
ogohlantirishi lozim. Ushbu holatda Universitet masofaviy uslubda ta’lim berish imkonini yo‘lga
qo‘yish huquqiga ega va Talaba bu uslubda ta’lim olishga roziligini bildiradi. Ushbu holatda
Universitet Talabaga 10 ish kuni ichida masofaviy ta’lim shaklini taklif qiladi. Talaba ushbu taklifga
10 ish kuni ichida yozma tarzda javob qaytarishi lozim bo‘ladi, aks holda ushbu shartnoma bekor
qilingan deb hisoblanadi. Agar Talaba masofaviy shaklda o‘qishni davom ettirishga norozilik bildirsa
shartnoma shartlari bajarilmagan deb hisoblanadi va shartnoma bekor qilinadi, to‘lov
qaytarilmaydi.
Agar Talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar
shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1- yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan
bo‘lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to‘lashni o‘z majburiyatiga oladi.
7.4. Ushbu shartnomaning 7.3 bandida ko‘rsatilgan shartga asosan fors-major holatlari
ta’limni masofaviy amalga oshirishga imkon bersa tomonlar o‘z majburiyatlarini masofaviy ta’limga
asosan amalga oshiradilar. Bunda Talaba masofaviy ta’lim olish uchun talab qilingan barcha texnik
va boshqa jihatdan sharoitni yaratishni o‘z zimmasiga oladi.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin