2.4. TALABA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA: 5.1. Ushbu Shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo'lmaydigan
kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar o'z majburiyatlarini
bajarmaslikdan qisman yoki to'liq ozod bo'ladilar.
5.2. Yengib bo'lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog'liq
bo'lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko'chki, bo'ron, qurg'oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-
iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko'zlab import va eksportni taqiqlash va
boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish
imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo'lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi.
5.3. Shartnoma Tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo'lmaydigan kuchlar (fors-
major) holatlari sababli bajarmaslik ma'lum bo'lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida
ushbu holatlar harakati sababini dalillar bilan taqdim etishi lozim.
5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo'lmaydigan kuchlar
(fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo'lmaydigan kuchlar
(fors-major) ta'siri 30 (o’ttiz) kundan ortiqroq davom qilsa, Tomonlar tashabbusiga binoan
shartnoma bekor qilinishi mumkin.
3. HISOB - KITOB TARTIBI 3.1. 2023/2024 o‘quv yili uchun ta’lim xizmatining narxi 9,000,000.00 (to'qqiz million) so‘mni
tashkil etadi.
3.2. Ta'lim uchun to‘lov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi
• 1-chi akademik yilning 1-chi semestri uchun:
o O‘quv yili uchun belgilangan shartnoma miqdorining 50% talaba/to‘lovchi tomonidan Universitet
dasturiy ta’minoti orqali yuborilgan shartnoma qabul qilingandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni mobaynida
amalga oshiriladi;