Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə1/2
tarix25.09.2023
ölçüsü142,5 Kb.
#148250
  1   2
1-mavzu lotin


1 -Mavzu. O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimi va unda auditning tuggan o’rni

REJA:
1. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari


2. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari
3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
ADABIYOTLAR
1. Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. Xalq so‘zi. 2002 yil 30 avgust.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. //Soliqlar va bojxona xabarlari, 2000 yil 13 iyun.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori.-T.: «Xalq so‘zi», 2000 y, 26 sentyabr.

  5. Do‘smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2003.-612 s.

  6. Mamatov Z.T. va boshq. Audit: O‘quv qo‘llanma.-T.: Toshkent Islom Universiteti. 2002.-280 b.

  7. Musaev H.N. Audit.-T.: Moliya. 2003.-220 b.

  8. Podolskiy V.I. Audit. – M.: YUNITI, 2001.

  9. Rizaqulov A.A., Narziev R. Audit, - T.: 1999.

  10. Sanaev N.S., Narziev R. Audit. O‘qituvchi, 2001.

  11. To‘laxodjaeva M.M. Korxona moliyaviy ahvolini auditi. 1996.

2. Qo‘shimcha adabiyotlar



  1. Arens A., Lobbek D.J. Audit. Per. s angl. pod. red. prof. YA.V. Sokolova, - M.: Finansы i statistika, 1995.

  2. Spravochnik auditora. – T.: 2001.

  3. SHeremet A.D. Audit. – M.: Finansы i statistika, 1996.

1. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari


Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog‘onasida O‘zbekiston Respublika-sining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, 29 moddadan iborat (2-ilova).
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respub-likasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog‘ona-siga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O‘z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi (3-ilova).
SHuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosa-larini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to‘g‘ri-sidagi Nizom» tasdiqlangan.
Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektining moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi. (4)
Qarorning 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  • o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish;

  • malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobi-ni yuritish.

Auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilangan. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan sarmoyasini shakllantirishlari zarur.
2. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog‘onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o‘zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo‘-jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo‘llani-ladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo‘lishi ta’minlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..

Hozirgacha auditorlik faoliyatiga doir masalalarni aks
ettiruvchi quyidagi milliy standartlar qabul qilingan:



Standartning № va nomi

O‘z. R. MV tasdiqlagan sana va №

O‘z. R AV da ro‘yxatga olingan sana va №

Kuchga
kirgan
sanasi


№3- AFMS «Auditni rejalashtirish»

14. 10. 1999
№54

10. 11. 1999
№837

01. 01. 2000


№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»

04. 08. 1999
№62

03. 09. 1999
№811

01. 01. 2000


№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»

04. 08. 1999
№61

03. 09 1999
№812

01. 01. 2000


№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»

04. 08. 1999
№63

03. 09. 1999
№813

01. 01. 2000


№10- AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»

09. 09. 1999
№75

23. 09. 1999
№822

01. 01. 2000


№11- AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o‘tkazish»

09. 09. 1999
№76

23. 09. 1999
№823

01. 01. 2000


№13- AFMS «Tahliliy amallar»

04. 08. 1999
№64

03. 09. 1999
№814

01. 01. 2000


№14- AFMS «Auditorlik tanlash»

27. 07. 1999
№59

03. 09. 1999
№815

01. 01. 2000


№16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»

27. 07. 1999
№60

03. 09. 1999
№816

01. 01. 2000


№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko‘rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilo-ti-ning ish tutishi»

31. 05. 2001
№49

30. 06. 2001
№1045

10. 07. 2001


№25-AFMS-«Auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishda normativ huquqiy hujjat-larga rioya etilishini tekshirish»

27.01.2003 №14

28.02.2003 №1223

10.03.2003


№31- AFMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi) bilan tanishish»*

30. 05. 2001 №48

21. 06. 2001
№ 1043

01. 07. 2001


№50- «Auditorlik dalillar»

03. 04. 2002
№ 48

18. 04. 2002
№ 1128

29. 04. 2002


№55 AFMS – «O‘zaro bogliq shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha auditorlik dalillarini olish bosqichlari»

27.01.2003. №15

3.03.2003. №1224

10.03.2003


№56 AFMS–«Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi hodisalar»

9.04.2003. №54

23.04.2003. №12

23.04.2003.


№60 AFMS-«Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish»

27.01.2003. №16

20.02.2003. №1221

2.03.2003


№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi»

14. 02. 2001
№20

10. 03. 2001y №1016

20. 03. 2001


№80 AFMS –«Maxsus masalani tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti»

27.01.2003. №13

19.02.2003. №1220

1.03.2003


№90- AFMS «Auditor-lik tashkilotlarining professional xizmatlari»

14 fevral 2001 №19

10. 03. 2001 №1017

21. 03. 2001

*-№4- «Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish» nomli auditning


milliy standarti bekor qilinib, uning o‘rniga qabul qilingan.

Uchinchi pog‘ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to‘plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo‘llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.


Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko‘rsatish joyini, haq to‘lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o‘z ichiga oladi. SHartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga zid bo‘lmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug‘ullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. [3]
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin