Bir atomning (elektrodonorning) ikki elektron jufti va boshqa atomning (elektronoakseptorning) bo'sh orbitali hisobiga kovalent bog'lanish hosil bo'lish mexanizmi donor-akseptorli mexanizm deyiladi. Shu yo'l bilan hosil bo'lgan kovalent bog'lanish donor-akseptorli kovalent bog'lanish deyiladi. Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sir. Vodorod bog'lanish. Yuqorida ko'rib o'tilgan ion, kovalent, metall, donor–akseptor kabi bog'lanishlar kimyoviy bog'lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog'lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog'lanish xili–vodorod bog'lanish hamda molekulalar aro tortishish kuchlari (Vander–Vals kuchlari) ham mavjud. Oriyentasion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. Vodorod bog'lanish–kimyoviy bog'lanishning o'ziga xos turidir. U molekulalararo va ichki molekulyar bo'lishi mumkin. Molekulalararo vodorod bog'lanish tarkibiga vodorod hamda kuchli elektromanfiy element – ftor, kislorod, azot, xlor va oltingugurt atomlari kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft vodorod atomidan elektromanfiy element atomi tomoniga siljigan bo'ladi. Bunda musbat vodorod ioni kichiq bo'lganligi uchun boshqa atom yoki ionning bo'linmagan elektron jufti bilan o'zaro ta'sirlanib kuchsizroq bog'ni hosil qiladi. Bu bog'lanish vodorod bog'lanishdeyiladi. Masalan: Donor-akseptor boglanish ikki xil molekula orasida xam yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, H3N: + BF3 ---------> H3N:BF3 Bu yerda NH3 elektron juftli donor bo’lib, BF3 bu elektron juft uchun akseptordir. CO molekulasida xam ichki donor-akseptor boglanish mavjuddir. Bunda uglerod akseptor, kislorod donor vazifasini utaydi. Odatda vodorod bog’lanish nuqtalar bilan belgilanadi va bu bilan uning kovalent bog’lanishdan ancha kuchsizroqligi ko’rsatiladi. Shunga qaramay, molekulalarning assosilanishi ana shu bog’lanish tufayli vujudga keladi. Lekin bu bog’lanishning energiyasi unchalik katta emas. Masalan: kimyoviy bog’lanishlarning asosiy turlarini bog’lanish mustahkamligi 84–1042 kjmol bo’lsa, vodorod bog’lanishniki 21–42 kjmol.