1.1-rasm. de-Broyl to’lqining sxematik tasviri.
Elektronning to’lqin xossalari kashf etilgandan so’ng kvantli
mexanika, so’ngra yadro fizikasi jadal rivojlandi. Kvantli mexanika asosida
atom energetikasi, qattiq jism fizikasi shakllaandi, rivojlandi. Qattiq jism
fizikasi makro-, mikro- va nanobosqichdagi moddalarning tuzilish
qonuniyatlarini o’rganadi. Nanotexnologiyalarda qo’llaniladigan asosiy
effektlar zonali nazariya, yoki, energetik zonalar nazariyasi bilan bog’liq.
Nanotexnologiya, yadro fizikasidan farqli holda atomlar bilan emas, balki,
molekulalar , klasterlar va nanokristallar bilan ish ko’radi. Molekula ,
qoidaga ko’ra, bir necha atomlardan tashkil topgan, klaster – bir necha o’n
va yuz atomlardan, nanokristall – bir necha yuz va minglab atomlardan,
monokristall 10
18
dan ham ko’proq atomladan tashkil topgan. Qizig’i
shundaki, yakka atomdan molekulaga, klasterga yoki nanokristallga
o’tilganda energetik sathlarning joylashuvida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.
Yakka atomning energetik qiymatlari to’plamidan, yoki spektridan uchtasini
qiymati 1.2a – rasmda keltirilgan.
12
a) atom b) molekula
v) nanokristall g) kristall
Dostları ilə paylaş: |