17
2- bob. NANOMATERIALLAR VA ULARNI OLISH TEXNOLOGIYALARI
2.1 Nanomateriallarni guruhlash
Struktura deyilganda materialning tuzilishidagi, shaklidagi, o’lchamidagi
xususiyatlarni tushuniladi. Tabiatda shar, igna, disk, daraxt, ip va h. strukturali
materiallar uchraydi. Nanostrukturali materiallar (yoki soddagina nanomateriallar)
deb nanometr o’lchamli strukturaga ega bo’lgan materiallarga aytiladi.
Modda makroo’lchamdan nanoo’lchamga o’tganida uning xossalari keskin
o’zgaradi. O’zgarishlar ikki asosiy sababga bog’liq: sirt ulushining ortishi va kvantli
effektlar hisobiga elektronli strukturaning o’zgarishi.
Sirt yaqinida joylashgan atomlarning xossalari material hajmida joylashgan
atomlarning xossalaridan farq qiladi, shu sababli materialning sirtini moddaning
alohida holati deb qaralishi mumkin. Sirtda joylashgan atomlarning ulushi qancha
ko’p bo’lsa, sirt bilan bog’liq effektlar shuncha kuchli bo’ladi. Nanoob’ektlarning
elektronli strukturasini alohida xususiyatlari o’lchamlarning kichrayishiga bog’liq
kvantli xossalarning kuchayishi bilan tushuntiriladi. Zarra –to’lqin dualizmi har-bir
zarrachaga ma’lum to’lqinning uzunligini kiritishga imkon beradi. Xususan, bu
kristalldagi elektronni xarakterlovchi to’lqinga, elementar atom magnetiklarning
harakati bilan bog’liq to’lqinlarga va h. tegishli. Nanostrukturalarning g’ayrioddiy
xossalari texnikada oddiy, odatiy qo’llanilishini qiyinlashtiradi, va bir vaqtning
o’zida butunlay kutilmagan texnikaviy istiqbolni ochib beradi.
Ma’lumki, ba’zi moddalarning nanozarrachalari yomon bo’lmagan katalitik
va adsorbtsion xossalarga egalar. Ba’zi nanomateriallar noyob optik xossalarga
egalar, masalan, organik moddalarning o’tayupqa pardalari quyosh batareyalarini
tayyorlashda foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda texnologlar etarlicha katta sondagi turli-tuman nanomateriallar
olishni o’rgandilar. Zamonaviy fan nanomateriallarning quyidagi turlarini guruhlaydi:
nanozarrachalar, fullerenlar, nanotrubka (nanoquvurlar) va nanotolalar, nanog’ovakli
strukturalar, nanodispersiyalar, nanostrukturalangan sirtlar va pardalar, nanokristalli
materiallar. Ularni batafsil qarab chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: