Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Reja:
1-§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi
2-§. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning hisobi va
rasmiylashtirilishi
3-§. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar, ularning
rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1-§ . Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim
omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki
bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan
chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari
jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar
ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi.
Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib
hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq
organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda
pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi
naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.
Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun
to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va
va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar
to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish
va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan
10 foizini tashkil etadi.
Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul
ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz
hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat
ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va
majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan
ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz
pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir
bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:
1.
Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
2.
Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish
jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi,
moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan
to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda
byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning
to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joylashuviga qarab
bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo’linadi. Bir shahar ichidagi
pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar
majmuini bildiradi. Shaharlararo pul aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli
banklar o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar yig’indisidir. Lekin
respublikamizda bank tizimining rivojlanishi, «elektron to’lovlar» tizimiga o’tish
asosida hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblarda
ishtiroq etuvchi sub’ektlarning joylashuviga karab ikkiga bo’lish maqsadga
muvofiq bo’lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda katnashuvchi sub’ektlar qaysi
hududda joylashganidan qat’iy nazar, to’lovlar bir necha soatda, xattoki bir necha
daqiqada o’tkaziladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi.
Bu tamoyillar kuyidagilardir:
1.
Har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit
hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarini
bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda
hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.
2.
Hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’iga asosan
depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank
kreditidan foydalanish xuquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan ham
amalga oshirilishi mumkin.
3.
To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
4.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va
uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin.
5.
Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari mazkur
mablag’larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng
o’tkazib beriladi.
6.
To’lovni kafolatlash maqsadida, etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki
ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to’langandan
so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga amal
qilinmas ekan, bu hisob-kitob munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning
moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
to’g’risida» 2002 yil 12 yanvar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasida
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom Fuqarolik
kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi,
«O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Konunlari va Markaziy
bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi
boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mulkchlik
shakllarining
xilma-xilligi
sharoitida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida naqd
pulsiz hisob-kitob qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini
erkin
tanlash
printsiplaridan
kelib
chiqadi
va
ular
shartnomalarda
mustahkamlanadi. Xo’jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank
aralashmaydi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi
shakllar orqali amalga oshiriladi:
•
To’lov topshiriqnomalari;
•
To’lov talabnomalari;
•
Akkreditivlar;
•
Inkasso topshiriqnomalari;
•
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
•
Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar.
To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida
belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, xuquqiy me’yorlarda ko’zda
tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol
sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq
qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining
mazmuni, ular bo’yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda
rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |