Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari


-§. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar



Yüklə 317,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü317,38 Kb.
#115833
1   2   3
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari

2. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, 
ularning hisobi va rasmiylashtirilishi 
To’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit 
hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning 
hisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan 
topshirig’idir. To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada 
to’lovchi 
tomonidan 
rasmiylashtirilib 
bankka 
topshiriladi. 
To’lov 
topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi:
• 
tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
• 
notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar;


• 
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank 
ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish;
• 
Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari.
Ilgari to’lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida 
bankka topshirilishi mumkin bo’lib, shu davr ichida u haqiqiy bo’lib hisoblanar 
edi. «Naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi yangi Nizomga 
asosan to’lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, 
ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi 
kerak, ular mos kelmagan holda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul 
qilinmaydi. Lekin byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar 
bundan mustasno.
Xulosa 
To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va 
mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq. To’lovchi va 
mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, 
topshiriqnomalar 
bankka 
uch 
nusxada 
taqdim 
etiladi. 
Topshiriqnoma 
nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:
• 
birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi 
tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan, 
bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga 
tikiladi;
• 
ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul 
ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak 
muhr izi tushirilgan holda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;
• 
uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak 
shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va 
topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga 
ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.
Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir hudud 


tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir 
hudud ichidagi yoki boshqa hududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan 
xizmat ko’rsatilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
• 
birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi 
tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va 
qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
• 
ikkinchi nusxasi bank bo’limining muxr izi tushirilgan, bank mas’ul 
ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va topshiriqnomani qabul qilish 
sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchi korxona vakiliga beriladi.

Yüklə 317,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin