Naqd pulsiz hisob kitob shakllari



Yüklə 29,31 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü29,31 Kb.
#94305
Naqd pulsiz hisob kitob shakllari


Sher, [11.05.21 22:52]
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.


O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:
to‘lov topshiriqnomalari;
to‘lov talabnomalari;
akkreditiv;
inkasso topshiriqnomasi;
hisob cheklari bilan hisob – kitoblar.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi:
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi;
– memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.

Sher, [11.05.21 22:53]


Бозор иқтисодиёти шароитида юридик ва жисмоний шахслар ўртасида ҳар куни бир неча юз минглаб нақд пулли ва нақд пулсиз операциялар амалга оширилади. Ушбу операцияларнинг 85 – 90 фоизи, айрим ривожланган мамлакатларда 98 – 99 фоизи нақд пулсиз кўринишида амалга оширилади.
Ўзбекистонда нақд пулсиз ҳисоб – китоблар тижорат банкларининг ички ва ташқи вакиллик ҳисобрақамлари орқали, электрон тўлов тизими ёрдамида, мижозларнинг ҳисобварақларида бухгалтерия ёзувлари кўринишда амалга оширилади. Мамлакатимиз банк тизимида 1997 йил март ойида жорий этилган электрон тўлов тизими банклараро амалга оширилаётган тўловларни жуда қисқа дақиқалар ичида амалга ошириш имкониятини беради. Бу давлат идоралари ва корхоналари, аҳоли ва хўжалик юритувчи субъектлар ўртасидаги тўловларни нақд пулсиз кўринишда амалга оширишга жуда кенг қулайликлар яратилганлигидан далолат беради.
Нақд пулсиз ҳисоб – китобларни амалга оширишда қатор тамойиллар бажарилиши лозим. Уларнинг асосийлари сифатида қуйидагиларни келтириш мақсадга мувофиқ:
– нақд пулсиз ҳисоб – китоблар жараёнида иштирок этаётган ҳар иккала томоннинг ҳам банкда тегишли ҳисобварақлари мавжуд бўлиши лозим;
– мижознинг ҳисобварағидан маблағларни бошқа манзилга ўтказиш ва кирим қилиш Марказий банк томонидан қаътий белгиланган тўлов ҳужжатлари асосида ҳамда улардаги реквизитларни тўлиқ тўлдирилган ҳолда амалга оширилади;
– банк мижознинг пул маблағларини ўтказиш ҳақидаги топшириғини унинг ҳисобварағида маблағ бўлгандагина қабул қилади. Мижознинг ҳисобварағида маблағ бўлмаган ҳолатда унинг ҳисобварағидан ундириш тўғрисида инкассо топшириқномаси (ўз вақтида тўланмаган солиқлар ва Давлат бюджетига ўтказиладиган солиқдан ташқари тўловлар (пеня, жарималар)ни ундириб олишда солиқ идоралари томонидан, бюджетдан ташқари фондлар – ўз вақтида тўланмаган тўловларни ундириб олишда, агарда бу қонуний ҳужжатларда кўзда тутилган ҳолатларда), тўлов талабномалар картотека 2 га кирим қилинади ва белгиланган тартибда тўловлар амалга оширилади;
– банк нақд пулсиз ҳисоб – китобларни фақат маблағ эгасининг топшириғи асосида белгиланган мақсадлар учун ўтказади, ҳисобварақ эгасининг ҳисобида маблағлар етарли бўлмаган ҳолатлар бундан мустасно;
– маблағлар тўловчининг ҳисобварағидан ўчирилгандан сўнг маблағ олувчининг ҳисобварағига кирим қилинади;
– тўловларни амалга ошириш Марказий банк томонидан белгиланган нақд пулсиз ҳисоб – китобларнинг шаклларини қўллаган ҳолда, тегишли тўлов ҳужжатлари орқали амалга оширилади.
Нақд пулсиз ҳисоб – китобларнинг шакли ва тўловларни амалга оширишнинг тартиби товар сотувчи ва хизматлар кўрсатувчи ташкилот ҳамда уни сотиб олувчи ўртасида тузиладиган шартномада аниқ ва батафсил белгилаб қўйилади.
Банкда маблағларни кирим қилиш ёки ҳисобдан чиқариш учун асос бўладиган ҳужжатларнинг электрон нусхалари мижознинг ҳисобварағи хизмат кўрсатадиган бухгалтерия ходими томонидан имзоланади ҳамда тўлашга қабул қилиш ва тўлаш саналари кўрсатилган ҳолда ўзига бириктирилган штамп билан тасдиқланади.
Юқорида қайд этганимиздек, мамлакатимиз пул айланмаси таркибида нақд – пулсиз ҳисоб – китобларнинг улуши айрим мамлакатларга нисбатан юқорироқ миқдорни ташкил этади.
Пул айланмаси таркибида нақд пулсиз ҳисоб – китоблар ҳажмини оширишга қатор омиллар таъсир қилади. Хусусан:
1.Юридик ва жисмоний шахсларнинг банкларга бўлган ишончининг юқорилиги. Агар юридик ва жисмоний шахслар банкларга нисбатан ишончи юқори даражада бўлмаса, банкларга нақд пулларни топширишга бўлган мойиллиги пасаяди, ҳисоб – китобларни нақд пулларда амалга оширишга интилади.

2.Иқтисодиётда монетизация коэффициенти даражасининг тегишли меъёри таъминланган бўлиши лозим. Иқтисодиётнинг етарли даражада пул билан таъминланганлик даражаси монетизация коэффициенти асосида аниқланади. Монетизация коэффициенти мамлакат ялпи ички маҳсулотига нисбатан аниқланиб, халқаро молиявий ташкилотлар ва экспертларнинг фикрларига кўра унинг миқдори, ўтиш иқтисодиёти шароитидаги мамлакатларда 45-60 фоиздан иборат бўлиши лозим. Агар мамлакатда монетизация коэффициенти ушбу миқдордан паст бўлса иқтисодиётда пул тақчиллиги, тижорат банкларида ликвид маблағлар ва ресурсларнинг етишмаслиги, кредитлар ва омонатлар бўйича фоиз ставкаларининг юқорилиги кузатилади. Буларнинг барчаси нақд пулсиз ҳисоб – китоблар ҳажмига салбий таъсир кўрсатади;


3.Тижорат банкларининг ресурсларга бўлган эҳтиёжининг етарли равишда қондирилмаслиги. Маълумки, тижорат банклари томонидан муомалага чиқарилган пуллар ўзининг бошланғич нуқтасига қайтиб келмаслиги банкларнинг ресурс базасига салбий таъсир кўрсатади. Бунинг оқибатида тижорат банкларининг реал секторни кредитлаш учун йўналтираётган ресурсларнинг тақчиллиги, омонатларга тўланадиган тўловлар миқдорининг ошиб кетиши, бу эса ўз навбатида нақд пулсиз ҳисоб – китоблар ҳажмини пасайишига олиб келади.

. Pul tizimining mohiyati va turlari


2
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi.
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan:
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi;
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.
Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetalizm tizimi uchta shaklda amal qildi:
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi;
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi;
– uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi.
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi.
Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi.
Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi.
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi.
Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi.
Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funksiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish;
– o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash;
– oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi;
– oltin pulning barcha funksiyalarini bajarishi.
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat budjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQSHdan tashqari) oltinni qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqlab qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi.
Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSH, Angliya, Fransiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Fransiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming frankka baholanar edi.
Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi vujudga keldi.
1929 – 1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSH dollarining oltinga nisbatan pariteti saqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi.
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi;
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi;
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi;
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.

Sher, [11.05.21 22:57]


Qog‘oz – kredit pullar tizimi. Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda. Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi.
Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin. Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.

3
3Xalqaro kreditning funksiyalari va shakllari


Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi. Xalqaro


kredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foyda olishini ta’minlash
maqsadida iqtisodiy agentlar ko‘zlagan sohalarga yo‘naltiriladi.
Shu orqali kredit milliy foydani o‘rtacha foydaga aylantirishga va
uning massasini oshirishga yordam beradi.
2. Xalqaro hisob-kitoblarda asl pullarni (oltin, ku
mush) kredit
pullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to‘lovlarning tezlashishi va rivojlanishi, naqd valuta aylanmasini xalqaro kreditoperatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi.
Xalqaro kreditlar asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari bo‘lgan – veksel, chek, shuningdek, bank o‘tkazmalari,
depozit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqti tejalishi
hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ishlab
chiqarishni kengaytirishga va foydani ko‘paytirishga erishish
mumkin.
3. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvining tezlashishi.
Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo‘shimcha qiymatni
kapitallashtirish tezlashadi, individual jamg‘arish chegaralari
kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa
mamlakat mablag‘lari hisobiga ko‘payadi. Kredit ma’lum chegaralarda boshqa mamlakatlarning kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi. Imtiyozli xalqaro kreditlarning yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o‘rta
firmalarning jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imko niyatini qisqarishi kapitalning to‘planishiga va markazlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Xalqaro kredit funksiyalarining mohiyati milliy va jahon
xo‘jaligining rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Zamonaviy
sharoitlarda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajaradi hamda o‘zi ham tartibga solish obyekti hisoblanadi.
Xalqaro kreditning turli shakllarini umumiy ko‘rinishda,
kredit munosabatlarini tavsiflovchi alohida jihatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.

Xalqaro kreditni manbalari bo‘yicha ichki, tashqi va aralash


kreditlashga hamda tashqi savdoni moliyalashtirishga ajratish
mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘langan va tovarning eksportyordan importyorga tomon harakatining barcha bosqichlariga – eksport tovarini ishlab chiqarish, uning yo‘ldagi va omborga
tushish jarayonlariga (shuningdek, chegaradan tashqarida ham),
tovarning ishlab chiqarish jarayonida importyor tomonidan
ishlatilishi va iste’mol qilinishiga xizmat qiladi. Tovar sotish jarayoniga qanchalik yaqin bo‘lsa, qarzdorga uning shartlari shunchalik darajada ma’qul keladi.
Qarz mablag‘lari qanday tashqi iqtisodiy bitimda belgilanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
– tijorat kreditlari – tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita
bog‘langan;
– moliyaviy kreditlar – har qanday maqsadlarga ishlatiladigan, shu jumladan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar, investitsion
obyektlarni qurish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to‘lash, valuta intervensiyasini o‘tkazishlar;
– oraliq kreditlar – kapital, tovar va xizmatlarni olib chiqarishning aralash shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan,
masalan, pudrat ishlarini bajarish shaklida bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinishi bo‘yicha kreditlar: tovar shaklida – asosan eksportyorlar tomonidan xaridorlarga beriladigan va valuta shaklida –
banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kreditlarga bo‘linadi.
Valutasi bo‘yicha xalqaro kredit qarzdor mamlakatning valutasida yoki kreditor mamlakatning valutasida, shuningdek, valuta
savatida hisoblanadigan xalqaro valuta birligida (SDR, yevro va
b.) berilishi mumkin.
Xalqaro kredit manbalariga ko‘ra tashqi savdoni ichki, tashqi
(chet) va aralash kreditlash hamda moliyalashtirish bo‘yicha
farqlanadi.
Xalqaro kreditni ko‘rinishi bo‘yicha 2 ta asosiy shaklga bo‘lib
ko‘rsatish mumkin:
1. Xalqaro bank krediti.
2. Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valuta (pul) ko‘rinishida bo‘ladi.

Xalqaro tijorat krediti esa, odatda, tovar ko‘rinishiga ega.


Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir
qancha kreditlar mavjud:
1. Firma (tijorat) krediti – odatda, eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning importyoriga to‘lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishi tushuniladi. Tashqi savdoda
tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog‘liq hisob-kitoblarda keng
qo‘llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda, 2-7 yil) turlicha bo‘ladi.
2. Vekselli kreditda eksportyor tovarni sotish haqida bitim
tuzib, o‘tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo‘natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib akseptlaydi, ya’ni unda ko‘rsatilgan
muddatda to‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
3. Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha beriladigan kredit. Bu kredit
eksportyor va importyor o‘rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksportyor jo‘natilgan har bir tovarlar qiymatini importyorning
hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada
ko‘rsatilgan vaqtda kredit summasini to‘lab boradi. Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada
bo‘lgan firmalar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Tijorat kreditining yana bir turiga importyorning avans to‘lovi
(sotib oluvchining avansi) ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda mol sotib oluvchi, ya’ni importyor tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga, odatda, mashina,
asbob-uskunalar (texnologiya) ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to‘lab beriladi.
Xaridor avansi eksportni kreditlashning bir shakli hisoblanadi va shu vaqtning o‘zida importyorning majburiyatini
ta’minlovchi vositadir. Chunki importyor o‘zi buyurtma bergan
tovarni sotib olishga majbur bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarning import bilan shug‘ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan
mamlakatlardan farqli ravishda, xaridor avansidan shu davlatlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar.
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabatni namoyon qilsada, bank krediti bilan qo‘shilib moslashadi.
Mashina va asbob-uskunalarni sotishda tijorat krediti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, o‘z navbatida, eksportyorning
anchagina mablag‘ini jalb qilib oladi. Shu sababdan eksportyor
bank kreditiga murojaat qiladi yoki o‘z kreditini banklarda qayta
moliyalashtiradi.
Tijorat krediti hajm va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha mashina va asbob-uskunalarning eksportini kreditlash muammosini to‘liq yecha olmaganligi sababli, bank kreditlarining roli oshadi.
Bank krediti – eksport va importni kreditlashda ssuda shaklida
namoyon bo‘ladi va u tovarlar, tovar hujjatlari, veksellarni hamda
trattani garovga olgan holda beriladi. Ba’zan banklar o‘zlariga
chambarchas aloqada bo‘lgan yirik eksportyor-firmalarga blankli
kredit, ya’ni rasmiy ta’minlanmagan kreditlar berishadi.
Xalqaro savdoda bank kreditlari tijorat kreditlariga nisbatan
ustunlikka ega. Ular kredit oluvchini olgan mablag‘laridan tovarlar sotib olishga mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratadilar, mol yetkazib beruvchi firmadan kreditga mol so‘rashdan
ozod etadilar, hamda oxirgi tovarlarga hisob-kitoblarni bank kreditidan foydalanib to‘laydilar. Xususiy banklar ko‘pincha davlat
mablag‘larini va uning kafolatini olgan holda eksport kreditlarini
10-15 yilga bozor stavkasidan pastroq stavkada beradilar.
Eksport krediti – eksportyor bankining importyor bankiga
yetkazib berilgan mashina, asbob-uskuna va boshqa investitsiya
qilingan tovarlarni kreditlashga aytiladi. Bank kreditlari pul
ko‘rinishida beriladi va «bog‘liq»lik xarakteriga ega, chunki kredit
oluvchi ssudadan faqatgina kreditor mamlakat tovarlarini sotib
olishigagina beriladi.
Muddatlari bo‘yicha xalqaro kreditlar: qisqa muddatli – 1 yilgacha bo‘lgan, ba’zan 18 oygacha (juda qisqa muddatlilari – 3
oygacha, kunlik, haftalik); o‘rta muddatlilari – 1 yildan 5 yilgacha; uzoq muddatlilari – 5 yildan yuqori muddatli bo‘ladi.
Bir qator davlatlarda o‘rta muddatli kreditlar 7 yilgacha
bo‘lganlari, uzoq muddatlilari 7 yildan yuqorilari hisoblanadi.
Qisqa muddatli kreditlar, odatda, tadbirkorlarni aylanma kapitali bilan ta’minlashda hamda tashqi savdo, xalqaro to‘lov aylanmasida nosavdo, sug‘urta bitimlariga xizmat qiladi. Uzoq mud-datli xalqaro kredit asosan ishlab chiqarishning asosiy vositalariga
investitsiya qilishda, mashina va uskunalar eksportining 85 %
gacha bo‘lgan qismiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi
shakllariga (yirik masshtabdagi loyihalar, yangi texnikani kiritish) xizmat qilishda ishlatiladi. Agar qisqa muddatli kredit prolongatsiya qilinsa (muddati uzaytirilsa), u o‘rta muddatliga, ba’zi
hollarda uzoq muddatli kreditga o‘zgaradi. Qisqa muddatli kreditlarni o‘rta va uzoq muddatliga o‘zgartirishda davlat kafolat beruvchi sifatida aktiv ishtirok etadi.
Ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha kreditlar ta’minlangan va
blankali kreditlarga bo‘linadi.
Ta’minot sifatida tovarlar, tovar taqsimlovchi va boshqa hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit olish uchun qo‘yiladigan tovar garovi uch shaklda amalga oshiriladi: qat’iy garov (tovarning ma’lum
qismi bank foydasiga qo‘yiladi); aylanmadagi tovar garovi (ma’lum
summaga to‘g‘ri keladigan tegishli assortimentdagi tovar qoldig‘i
hisobga olinadi); qayta ishlash jarayonidagi tovar garovi (bu
qo‘yilgan tovarlardan mahsulot ishlab chiqarish mumkin).
Kreditor sotishga imkoniyati ko‘p bo‘lgan tovarlarni garovga
olishni afzal ko‘radi va ta’minot hajmini aniqlashda tovarlar bozoridagi konyunkturani hisobga oladi. Ba’zan kredit ta’minoti
sifatida o‘rtacha bozor narxlarida baholanuvchi rasmiy oltin zaxiralari qismidan ham foydalaniladi (Finlyandiyada 1963-yil, Italiya, Urugvay, Portugaliyada 70-yillar o‘rtalarida qo‘llanilgan).
Rivojlanayotgan davlatlar (asosan 80-yillar boshlarida) o‘zlarining tashqi qarzlarini to‘lash uchun oltinni garov sifatida
qo‘yishni keng qo‘llay boshladi. Biroq oltin garovi asosidagi ssudalar ko‘pgina xalqaro kreditlarga xos bo‘lgan «salbiy garov sharti» kuchga kirishi bilan keng tarqalish kuchini yo‘qota boshladi.
Uning mohiyati shundaki, agar qarzdor boshqa kreditlar
bo‘yicha qo‘shimcha ta’minotni kiritgan bo‘lsa, u holda kreditor
shu ta’minotni joriy kredit bo‘yicha ham talab qilib olishi mumkin.
Binobarin, agar mamlakat kreditni oltin garovi ostida olsa, undan oldin olingan boshqa kreditlar bo‘yicha ham oltin ta’minotini
talab qilish mumkin.
Shuning uchun ham, ba’zi mamlakatlar oltinni sotishni
afzal ko‘radi. Modomiki, garov kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning ta’minoti sifatida xizmat qilar ekan, kreditor bu
majburiyatlarning qarzdor tomonidan bajarilmagan hollarda garov qiymatidan kompensatsiya summasini olish huquqiga ega
bo‘ladi.
Blankali kredit qarzdorning majburiyati ostida ma’lum muddatda to‘lash sharti bilan beriladi. Odatda, bu kredit bo‘yicha
hujjat sifatida bir tomonli qarzdorning imzosi bilan beriladigan solo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditlarning boshqa
ko‘rinishlari sifatida kontokorrent va overdraftlarni keltirish
mumkin.
Kreditlarni berish texnikasi jihatidan quyidagilar ajratiladi:
moliyaviy (naqd) kreditlar – qarzdorning hisobvarag‘iga muvofiqlashtirish uchun o‘tkaziladi; akseptli kreditlar – importyor yoki bank tomonidan tratta akseptlanadi; depozit sertifikatlari; obligatsiyali zayomlar; konsorsial kreditlar va boshqalar.
Kreditor sifatida kim namoyon bo‘lishiga qarab kreditlar quyidagilarga bo‘linadi: 1) xususiy – firmalar, banklar, ba’zan
o‘rtada turadigan (broker) lar tomonidan beriladi; 2) hukumat; 3) aralash – bunda xususiy va davlat korxonalari qatnashadi;
4) davlatlararo kreditlar – xalqaro va hududiy valuta-kredit va
moliya tashkilotlari tomonidan beriladi.
Firma (tijorat) krediti – firma tomonidan, odatda, bir mamlakatning eksportyori tomonidan boshqa mamlakatning importyoriga to‘lov muddatini ortga surish ko‘rinishida beriladigan
kreditdir. Kreditlarning muddatlari turlicha (odatda 2-7 yilgacha)
bo‘lib, u jahon bozorlaridagi konyunktura shartlari, tovarlar
ko‘rinishi va boshqa omillar asosida aniqlanadi.
Firma krediti veksel orqali rasmiylashtiriladi yoki ochiq hisobvaraq orqali beriladi.
Vekselli kredit – eksportyor tovarni sotish to‘g‘risida shartnoma tuzib, importyorga o‘tkazmali vekselni beradi. Importyor
esa tijorat hujjatlarini qabul qilib, vekselni akseptlaydi, ya’ni
unda ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.

Ochiq hisobvaraq orqali kredit – eksportyor importyor bilan bitim tuzib, unda tovar yetkazib beruvchi tovar qabul qilib


oluvchining hisobvarag‘iga uning qarzi sifatida sotilgan va tushirilgan tovarlarning qiymatini yozib boradi, o‘z navbatida, importyor o‘rnatilgan muddatda kreditni to‘lashi kerak. Ochiq
hisobvaraq orqali kreditlar tovarlarni muntazam yetkazib berishda hamda qarzni oyning o‘rtasi va oxirlarida to‘lashda
qo‘llaniladi.
Firma kreditlarining yana bir ko‘rinishi sifatida avans to‘lovli
kreditlar ham keng qo‘llaniladi. Bunda importyor tomonidan
eksportyor foydasiga shartnomada ko‘rsatilgan buyurtma berilgan mashina va uskunalar qiymatining, odatda, 10-15 % miqdorida (ba’zan bundan ortiqroq) avans to‘lov amalga oshiriladi.
Sotib olish avansi eksportni kreditlash shakllaridan biri bo‘lib
xizmat qiladi va bir paytning o‘zida chet ellik xaridor majburiyatini ta’minlash vositasidir, chunki importyor buyurtma bergan
tovarini qabul qilishi shart
Yüklə 29,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin