O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#113546
  1   2
Pul va banklar. MI pul tizimi 07.11.22

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



__________________________
Iqtisodiyot kafedrasi

Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:_____________________________________________

BAJARDI: _______ talabasi _____________________.

QABUL QILDI: _____________________.
Jizzax_2022

Fan nomi: Pul va banklar fani


Mavzu: O’zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari.



Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism.
1.O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi
2.O’zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi
3.Pul tizimining baqarorligi va milliy valyuta
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish.


Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir
vaqtning o’zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847- 1875 yy. da mavjud bo’lgan. Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyichalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so’nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht (zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) standarti. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining

rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin pulning barcha funktsiyalarni bajaradi; Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha mamlakat zarbxonasida); Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi; Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi. Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi bo’lgan.


II.
Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin