O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 191,93 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü191,93 Kb.
#133886
  1   2
1-savol Iqtisodiy muvozanatlik va uning turlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT


BAJARDI:HUSENOV F.

TOSHKENT – 202


6-VARIANT
1-SAVOL : Iqtisodiy muvozanatlik va uning turlari.
JAVOB : Iqtisodiy muvozanatlik- bu mikroiqtisodiyot darajasidagi jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi .
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiotning turli darajsidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib korsatish mm . Umumiy muvozanatlik mikroiqtisodiy muvozanatni ancha toliq darajada ifodalaydi
Umumiy muvozanatlik – bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishiklik darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va taklifning nisbati orqali namoyon bo’ladi . Milliy iqtisodiyotda roy beradigan barcha ozgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi ozgarishlar orqali ifodalanadi
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda , sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
4. Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.




2-savol : MUOMALA UCHUN ZARUR BOLGAN PUL MIQDORINI ANIQLASH
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo’jaligidagi tovarsiz to’lovlarga xizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob’ektiv negizi bo’lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o’ziga va tovar-pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Muomala uchun zarur pul miqdori 2 asosiy yo’nalishda shakllanadi:
1. Pullarga bo’lgan aktiv talabning shakllanishi. Korxonalar o’zini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytiradi, ya’ni qo’shimcha sehlar quradi. Hamda yangi texnika va texnologiyalarni sotib oladi. Bunda qo’shimcha pul mablag’lariga talab yuzaga keladi.
2. Passiv talabning yuzaga kelishi. Aholi, kompaniyalar va davlat kelgusidagi jiddiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul jamg’ara boshlaydi.
Pul muomalasi qonunlari muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash imkonini beradi.
I. Fisher tomonidan taklif qilingan pul muomalasi qonuni quyidagicha
M =P*Q/V
Bunda, M-muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; P-tovarlar bahosi; Q-tovarlar hajmi; V-pulning aylanish tezligi. Fisher aytadiki, tovar hajmi ko’rsatkichi o’rniga YaMM ko’rsatkichini qo’llash maqsadga muvofiq. Chunki YaMMning o’sishi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan asosiy omildir.
K. Marks tomonidan taklif qilingan pul muomalasi qonuni quyidagi ko’rinishga ega.
PM = (TXBS-KSTS+MKTS)/PBAT
PM-muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori,
TXBS-tovarlar va xizmatlar baholari summasi
KSTS-kreditga sotilgan tovarlar summasi
MKTS-muddati kelgan to’lovlar summasi
PBAT-pul birligining aylanish tezligi
Karl Marks aytadiki, tovarlar va xizmatlar bahosining o’sishi muomalada qo’shimcha pullarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Nobel mukofoti lauriyati M.Fridmen esa buni teskarisini aytadi. Muomalada ortiqcha pullarning paydo bo’lishi tovarlar va xizmatlar bahosining o’sishiga olib keladi. Marks aytadiki mamlakatda tovarlarni kreditga sotish tizimini qanchalik rivojlangan bo’lsa pullarga bo’lgan talab shunchalik past bo’ladi. Inflyatsiya yuqori bo’lgan sharoitda tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsiya ta’sirida o’sishi yuz beradi. Natijada iqtisodchi olimlar tomonidan inflyatsiya darajasi hisobga olingan pul muomalasi qonuni taklif qilinadi. M=Y*P/V
M-muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriY-real YaIM P-Inflyatsiyaning o’sish sur’ati V-pulning aylanish tezligi
XIX asr oxiri XX asr boshlarida dunyo bo’yicha veksel muomalasining jadal rivojlanishi yuz berdi. Bu iqtisodchi olimlarni pul muomalasi qonunlariga nisbatan munosabatini bir muncha o’zgartirdi. Chunki veksellar pulning to’lov vositasi funksiyasini bajara oladi. Shu sababli iqtisodchi olimlar pullarga bo’lgan talabni aniqlashda veksellar muomalasini hisobga olish kerak degan xulosaga keldi.
Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:

1.Transaksion yondashuv- bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi.


2.Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
1-keys
O‘zbekistonda 2019-yili aholining umumiy daromadlari 77293,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Undan 38498. mlrd. so‘mi tadbirkorlik va boshqa daromadlar, 1414,4 mlrd. so‘mi ijtimoiy transfertlarni tashkil etadi. Aholi daromadlarida ish haqi, tadbirkorlik va boshqa daromadlar, transfert to‘lovlari ulushini, aholi 29,9 mln. kishi desak, aholi jon boshiga o‘rtacha daromadni hisoblang.
Daromadning funksional va shaxsiy taqsimlanishi nima? Adolatli taqsimot deganda qanday taqsimot tushuniladi? Shu ko‘rsatkichlar asosida ularni keyingi yil ma’lumotlari bilan solishtiring




Yüklə 191,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin