Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobi va auditi



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə12/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
2023-hisobot

7.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobi va auditi
Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchunbajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlabchiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar kiritiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish va realizatsiyasi hisobi alohida o‘rin tutib,ularning vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog‘liq hamma xo‘jalik operatsiyalarini hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash.
3. Ish va xizmatlarning bajarish hajmi, tayyor mahsulot ishlabchiqarish bo‘yicha uzluksiz nazorat o‘rnatish, ortib jo‘natilgan vayuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtidato‘g‘ri rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkiletish.
4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo‘yicha shartnomamol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.
5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlabchiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan (davr xarajatlari) haqiqiyxarajatlarni o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning birmaromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkilqilishga, hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga bog‘liq. Korxonaning moliyaviy barqarorligi ishlab, chiqarilayotgan mahsuloti bozorda raqobatdoshligidan, uning ichki va tashqi bozorda talabidan, realizatsiya hajmiga bogliqdir. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish aholini ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mahsulotni rejadagi hajmi bo’yicha sotish tashkilotga ishlab chiqarish xarajatlarini, qoplash, davlat byudjeti, kredit bo‘yicha banklar va boshqa ho‘jalik subyektlar oldidagi majburiyatlami bajarish imkoniyatini yaratadi, hamda ishlab chiqarishni takomillashtirish va kelajakda rivojlanish uchun muhim bo‘lgan foyda olishgayordam qiladi.

Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin