To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim natijasida ko‘r bolalar nuqta-relyefli shriftni tez o‘rganib oladilar. Aqli zaif ko‘rlarda bu jarayon ancha sekin kechadi, uncha samarali bo‘lmaydi. Bunga bir necha sabablar mavjud. Markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif ko‘r bolaning kompensator imkoniyatlari sustlashgan bo‘ladi.Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish analizatorlari kompensator faoliyatni bajara boshlaydilar. Aqli zaif o‘quvchilarning tafakkur, tasavvur, nutqi, fikrlash qobiliyatini o‘stirishda yordamchi maktabda ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi.

Ko‘rlar maktabida bu borada ko‘proq nutq, so‘zga, maxsus tiflografik ko‘rgazmali kurollarga asoslangan holda ish tashkil etilsa, aqli zaif ko‘r bolalar bilan boshqacha ishlarni uyushtirish lozim bo‘ladi. Ikkala holatda ham birinchi navbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Aqli zaif bolalarning esa bilish faoliyati turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqlan va ko‘rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasiga maxsus yondoshgan holda, maxsus yaratilgan tizim asosida o‘qitish va tarbiyalash lozim.