Qofqazni sotishgan
. Mening bobola-
rim esa Qofqazimizni
kofir to‘ng‘izlardan himoya qilgan
. Imom Hamzat, imom
Shomil, Hojimurodlarni eshitganmisan? Ha, eshitmagansan.
– Men... o‘qimaganman. Sakkizinchini bitirib, dalaga chiqib ketganman.
Keyin harbiyga chaqirishib, Afg‘onga tashlashdi. Keyin bu yerlar... Qo‘limga
bitta kitob olib o‘qimaganman sira.
– Unda seni „
eshak
“ deganlari to‘g‘ri ekan. Qaysarliging uchun emas,
o‘qimaganing sababli eshaksan. O‘qimagan odamning eshakdan nima farqi bor?
(T. Malik)
III
. – Ay hamsoya,
esim qursin
, xiyol bo‘lmasa esimdan chiqayin debdi, –
dedi. – Xoldon momonikiga sumalakka boring. Ayollar sizni
kayvoni
bo‘lsin deyapti,
vaqtliroq boring.
Oymomo onamiz ich-ichidan suyundi. Boisi sumalak qo‘yuvchi-da, suma-
lakka kayvonilik qiluvchi-da g‘oyat pokiza ayol bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi.
„Meni lozim ko‘ribdilarmi...
menginani lozim ko‘ribdilarmi
, demak, el na-
zarida
farishtali ayol
bo‘libman-da? – deya xayollandi onamiz. – Shukur, Yarat
-
ganning o‘ziga shukur, ishqilib, el savobini olar bo‘libman...“
Oymomo onamiz sumalak kayfiyatida eshik-orani supurdi. Sumalak zavqida
tirikchiligini qildi.
(T. Murod)
1. Parchalarda Surxon vohasiga xos qanday so‘z birikmasi, ibora va jumlalar
qo‘llangan?
2. Ijodkorlarga xos xalqona ruh qaysi ifodalarda ko‘proq uchragan deb
o‘ylaysiz?
10.2- mashq
.
„Kim chaqqon?“
musobaqasini uyushtiring. Berilgan so‘zlarni jad
-
valga to‘g‘ri joylashtiring.
Yostiqdosh, ojiza, turmush o‘rtog‘i, jufti halol, umr yo‘ldoshi, zavj(a),
rafiq(a), xotin (er), onasi, dadasi, bu kishim; farzandlik bo‘ldi, yengillashib oldi,
ko‘zi yori di, qutulib oldi; „holva“, „qo‘chqor“, davomchili bo‘ldi; qazo qildi,
halok bo‘ldi, jon taslim qildi, o‘ldi, joni uzildi, u dunyoga rihlat qildi, omonatini
topshirdi, egasiga kerak bo‘ldi, yer tishladi, to‘ng‘iz qo‘pti, yer yutdi.
http://eduportal.uz
|