48
III FASL.
BARQAROR BIRIKMALAR – NUTQIMIZ KO‘RKI
13- mavzu. SO‘Z VA IBORA TENG EMAS
13.1- mashq.
Matnni tinglang. Iboralarni aniqlab, ularga mos izohlar toping.
Asar tilining hissiy ta’sir kuchida iboralarning qanday ahamiyatga ega ekaniga
diqqat qi ling.
Qobiljon direktorning kabinetidan lattadek bo‘shashib chiqdi. U qabulxonada
o‘tirganlarga loqayd nazar tashladi-yu, tez yurib koridorga burildi.
– Siylaganni sigir bilmas, deb shuni aytadi-da. Ishga yangi kelganda idora-
ning past-balandini tanishtirgan kim edi, shuni bilmadi-ya. Uyalmaganini qarang,
uni odam qilguncha qoqqanda qozig‘im, osganda cho‘michim qolmadi!
Qobiljon tepa sochi tikka bo‘lib, koridorning u boshidan bu boshiga o‘zidan
o‘zi g‘o‘ldirab, shu tarzda borib-kelib turardi. Kadrlar bo‘limining eshigi ochilib,
qo‘sh ko‘zoynak taqqan o‘rta yoshli bir kishi chiqdi.
– E Qobiljon, nima qilib yuribsiz, hujjatlaringizni qachon rasmiylashtirasiz?
… Qobiljonning ko‘zidan o‘t chaqnab ketdi. Direktorning boyagi „Ishni eplay
olmayotibsiz, bo‘shatishga to‘g‘ri keladi“ degan gaplari esiga tushdi. „Yegan
yog‘-u go‘shtlaring ko‘r qiladi hali seni, shuncha sovg‘a-salomlarni ham andisha
qilmading!“ deb, ko‘zoynakli kishiga qarab:
– Harqalay, zakon biladigan kishisiz, bir yo‘l ko‘rsating, – dedi.
(S.Ahmad)
13.2- mashq
.
Gaplardagi iboralarni aniqlab, ularni berilgan so‘z va birikmalar
bilan almashtiring. Qaysi birida bo‘yoqdorlik kuchli ekanini izohlang.
Shved olimlari yaqinda tabassum vaqtida ajralib chiqadigan baxt gormon
-
larini hisoblab chiqishibdi.
Ochiq yuz bilan birgina tabassum qilish 400 dona plitka shokoladni iste’mol
qilganchalik samara berar ekan. Endi lotereyada omadingiz kelmasa ham,
Dostları ilə paylaş: