50
13.6- mashq.
Omonim ibora qatnashgan gap juftliklariga diqqat qiling.
Ular -
ning ma’nosini izohlang.
1. Bugun, nihoyat, askarlarga dam berildi. Mashina balloniga nasos bilan
dam berildi. 2. Haziling bor bo‘lsin, kulaverib ichaklarim uzilayozdi. Uzoq vaqt
ovqat yemay ochiqqanimdan ichaklarim uzilayozdi. 3.
Uzumingiz boshini yeb
solibdi-ku. Ocharchilik ancha odamning boshini yeb ketdi. 4. Bu qiz shuncha
qilgan
yaxshiliklaringizni bilmay, sizdan yuz o‘girdi. Endigina chaqirish uchun
og‘iz juftlamoq chi edim, o‘zi men tomonga yuz o‘girdi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Metafora yo‘li bilan hosil qilingan iboralarga misol keltiring.
2.
Kalima keltirmoq va kalima o‘girmoq
iboralari orasida qanday farq bor?
Misollar bilan tushuntirishga harakat qiling.
3. Suhbat matnini o‘qing. Unda qo‘llangan iboralarning izohli lug‘atini
tay yorlang.
– Anavi xolang jag‘i tinmay biram sayradi, biram sayradi. Eshitib o‘tiraverib
bag‘riginam xun bo‘ldi.
– Tavba, aravani quruq olib qochganini qarang. Suprasida chaksa un yo‘q,
uyida sichqonlar hassa tayanib qolgan, lekin tom boshida qo‘sh tandir, deb shu
-
naqalarni aytishadi-da.
– Lom-mim demay, hammasini ichimga yutdim. Bir oyog‘i yerda, bir
oyog‘i go‘rda odam bilan tortishib, nima baraka topdim?
– Ha, burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirganingiz qolardi. Tortishmay
yaxshi qilibsiz. Bir kuni insofga kelib qolar.
Dostları ilə paylaş: