52
III.
Egachisining beg‘am, beparvo o‘g‘liga qilgan bunday beozor muoma
-
lasini hazm qilolmagan Lazokatxon:
– Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. To‘g‘risini aytavermaysizmi,
egachi! – deb zarda qildi. Keyin O‘ktamga yuzlandi:
– Salgina tobi qochganmas. Oldindan silqovlanib yurardi onang. Endi rasmo
-
na kasal bo‘pti. Bod. Xafaqon. Ha, bu kasallari oldindan bezovta qilib yurganini
bilmasmiding? Ona rozi – xudo rozi. Shu yarimjon onani yolg‘iz tashlab ketish-
ni qanday vijdonlaring qabul qildi-ya?! Borib turgan oqibatsizlik emasmi bu?!
(H. Nazir)
IV.
„Kimga aza, kimga to‘y? Bularning gapiga o‘laymi, qolaymi, tavba.
Shanbada bichma, jumada ko‘chma, derdi onam. Sichqonning ini ming tanga
bo‘lmaydimi menga desa“. Shu xayolda jahli chiqib o‘tirgan edi, eshik ochildi.
Ichkari kirgan Latifjon ko‘zlarini uqalab, ancha jim turdi. Keyin:
– Shu, shu... volidamiz... haligiday … bandalikni bajo qildilar yangitda, – dedi
sekin. – Omonatini topshirdi.
Xursanali ko‘z va og‘zini katta ochib, taxta bo‘lib qotib qoldi. Latifjon qalqib
chiqqan ko‘z yoshlarini yashirish uchun yuzini chetga burdi.
(A.Muqimov)
Nazariy matn
Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi ham. U – ixcham,
mazmuniy va ta’sirchanlik ko‘lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga
xos bo‘ladi, shuning uchun, ko‘pincha, bir-birini inkor etadi.
Yaxshilik qil, umid-
vor bo‘l. – Yaxshilik qil – unut.
Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: