55
4. Qo‘shning yomon bo‘lsa, yomonlik kelar,
Qo‘shning yaxshi bo‘lsa, omonlik kelar.
5. Qo‘shnimning bilgani – olamning bilgani.
6. Qo‘shniga yalinma, kinoya so‘z dog‘ etar,
Qurbing yetsa, ko‘maklash, eshigingni bog‘ etar.
14.2- topshiriq.
Tuzgan matningizni audionutqqa aylantirib, maktab vebsahifasiga
taqdim qiling.
15- mavzu. TASVIRIY IFODA – KO‘TARINKI NUTQ VOSITASI
15.1- mashq.
Matnni o‘qing va unga sarlavha tanlang. Matn mazmunini uch jumlada
bayon eting. Ajratilgan ifodalarni mos so‘zlar bilan almashtiring.
Bolaligimda bir kuni onam mendan so‘radi: „Halol“ so‘zini ikki labing
ochiq holda ayta olasanmi?“ „Halol“ kalimasini
aytishga harakat qilib, ikki la
-
bimni bir-biriga yopishtirmay aytdim. Onam ma’qullab, „Endi „harom“ so‘zini
ham ikki labing ochiq holda ayt-chi“, – dedi. Bu so‘zni
talaffuz qilarkanman,
oxirida ikki labim bir-biriga tegib qolaverdi. Shunda onam dedi: „O‘g‘lim, bu –
halol va harom orasidagi farq. Halol odamning yo‘li doimo ochiq,
ikki dunyosi
obod bo‘ladi. Ha rom ishlar esa illatdir, ular hayotingni oxir-oqibat xarob qiladi“.
Darhaqiqat, shunday illatlar borki, ular harom: jamiyatning olg‘a
qa dam
qo‘yishiga to‘sqinlik qiladi. Barcha
Dostları ilə paylaş: