Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Nutq jarayonida maqollar va hikmatli so‘zlarni qo‘llash qanday ahamiyat 
kasb etadi? Ular nutq vaziyatini yumshatishga qay darajada xizmat qiladi?
2. Mumtoz adabiyotda maqol qo‘llash bilan bog‘liq qanday she’riy san’at 
yaratiladi? Misollar keltiring.
3. Berilgan parchani o‘qing. Undagi maqollarning izohini tayyorlang.
– „Ro‘zg‘or – g‘or“, – degan eskilar. Yangi uyga borib olib, rul o‘zimga tegdi 
deb, tag‘in har tomonga yo‘rg‘alamang, – dedi qaynanam ko‘chishimizdan oldin. – 
„Ro‘zg‘or tushdi boshga – qo‘l tegmadi oshga“. Tong sahardan bilib-bilib ishi-
ngizni qiling. „Erta turganga rizq qo‘sha, erta turmasang, barmog‘ingni osha!“
Qaynanam o‘g‘liga yuzlandi:
– „Hovli olma, qo‘shni ol“, – deyishgan. Senga ming tayinladim, 
qo‘shnilaringni surishtirdingmi? Qo‘shning yaxshi bo‘lsa, bir umr xotirjam 
yashaysan. „Gilam sotsang, qo‘shniga sot: bir chetida o‘zing o‘tirasan“. 
Endi qaynanamning maslahatlari kunda kerak bo‘lyapti. „Qari bilganni pari 
bilmas“ deganlari rost chiqdi. 
(„Ibratli hikoyatlar“dan)
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
14.1- topshiriq.
Berilgan sinonim maqollardan tanlab, matn tuzing va unga 
shu maqollardan biri asosida sarlavha tanlang.
1. Qo‘shni qo‘shnidan erta turishni o‘rganar. 
2. Qo‘shnida pishar, bizga ham tushar.
3. Qo‘shningga yomonlik sog‘inma.
http://eduportal.uz


55
4. Qo‘shning yomon bo‘lsa, yomonlik kelar, 
Qo‘shning yaxshi bo‘lsa, omonlik kelar. 
5. Qo‘shnimning bilgani – olamning bilgani. 
6. Qo‘shniga yalinma, kinoya so‘z dog‘ etar, 
Qurbing yetsa, ko‘maklash, eshigingni bog‘ etar.
14.2- topshiriq.
Tuzgan matningizni audionutqqa aylantirib, maktab vebsahifasiga 
taqdim qiling.
15- mavzu. TASVIRIY IFODA – KO‘TARINKI NUTQ VOSITASI 
15.1- mashq.
Matnni o‘qing va unga sarlavha tanlang. Matn mazmunini uch jumlada
bayon eting. Ajratilgan ifodalarni mos so‘zlar bilan almashtiring.
Bolaligimda bir kuni onam mendan so‘radi: „Halol“ so‘zini ikki labing 
ochiq holda ayta olasanmi?“ „Halol“ kalimasini aytishga harakat qilib, ikki la
-
bimni bir-biriga yopishtirmay aytdim. Onam ma’qullab, „Endi „harom“ so‘zini 
ham ikki labing ochiq holda ayt-chi“, – dedi. Bu so‘zni talaffuz qilarkanman, 
oxirida ikki labim bir-biriga tegib qolaverdi. Shunda onam dedi: „O‘g‘lim, bu – 
halol va harom orasidagi farq. Halol odamning yo‘li doimo ochiq, 
ikki dunyosi
obod bo‘ladi. Ha rom ishlar esa illatdir, ular hayotingni oxir-oqibat xarob qiladi“. 
Darhaqiqat, shunday illatlar borki, ular harom: jamiyatning olg‘a qa dam 
qo‘yishiga to‘sqinlik qiladi. Barcha 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin