Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

13.1- topshiriq
.
Berilgan sinonim iboralardan tanlab, matn tuzing.
Yer bilan yakson bo‘lmoq – kuli ko‘kka sovrilmoq; 
avzoyi buzilmoq – kayfi buzilmoq;
ichidan pishgan – yutsa, dumini ko‘rsatmaydi;
kun og‘di – qosh qoraydi;
olinmagan buzoqqa qoziq qoqmoq – tug‘ilmagan bolaga ism qo‘ymoq.
13.2- topshiriq
.
„Iboralarning nutqimizdagi ahamiyati“ mavzusida bahs-mu
-
nozaraga tayyorlaning.
http://eduportal.uz


51
14- mavzu. MAQOLNI O‘RINLI QO‘LLASH 
14.1- mashq
.
Matn bilan tanishing. Maqollarni aniqlang va matn badiiyligida maqol
-
larning qanday o‘rni borligi xususida fikrlashing.
„Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin“, – deganlari shu-da…
El og‘zida „Ot bosgan joyni toy bosadi“, degan naql yuradi. Shunga ko‘ra 
Tursunali ot bo‘lsa, shogirdi toy misol edi. Qo‘polroq tarzda tavsif berilsa, Tur
-
sunali tupurgan-u, u yalagan edi. Ustozi qamalganida uning ham paytavasiga qurt 
tushdi. Har holda ustozi oshni o‘zi oshalagani bilan unga yalatib turardi. Yangi 
direktor Yaratganga emas, rahbarlariga shukur qiladi: hartugul o‘sha laganlarni 
olishdi-yu, yalaganlarga marhamat darvozalarini ochishdi. Ular anglashmadiki, 
yaloqxo‘rlarning nafsi o‘sha laganlardan ham buzuqroq bo‘ladi. „Oshalagan 
qorni to‘ygunicha yeydi, yaloqxo‘r esa ko‘zi to‘ygunicha“. Ko‘zning hech qa
-
chon to‘ymasligi esa barchaga ayon. Xususan, kattalarning xizmatini qilib yurib, 
fe’l-atvorlarini bilib olgan Toshboltaga ham ma’lum bu. Shu sababli qizi tilga 
olin ganda uning ko‘zlarini o‘yib olgisi kelgan bo‘lsa-da, o‘z aravasini o‘zi tortib 
ketishga qurbi yetmasligini bilgani uchun o‘zini tiydi. „Yaloqxo‘r“ deb yangi di
-
rektordan nafratlangani bilan tirjayib, unga qulluq qilib turishga majbur edi…
– Ming qilsayam, urug‘ urug‘-da, – dedi. – Et bilan tirnoqni ayirib bo‘lmaydi... 
(T. Malik)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin