Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

hisobidan chop etildi.
ISBN 978-9943-22-460-5
http://eduportal.uz


3
I FASL.
 TALAFFUZ VA IMLO ME’YORLARI
1- mavzu. TALAFFUZ VA IMLO 
1.1- mashq. 
Matnni tinglang. Matn nihoyasida berilgan so‘zlarning talaffuziga 
e’tibor qarating va eslab qoling.
FASOHAT GULSHANI 
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy
„Unsiya“ deb atalib, o‘z davrida chin do‘stlar, ijod ahli, ustoz va shogirdlar 
uchun dilbar suhbatlar oshyoni, ezgulik, xayr-u ehson hamda ilm-ma’rifat mas
-
kani bo‘lgan. Ahli toliblar kamoloti uchun u zot bunyod etgan madrasalardan biri 
„Ixlosiya“ deb yuritilgan. Hazrat mangu qo‘nim topgan „Musallo“ maydoni esa 
ezgu niyatlar, xayr li duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum 
va mashhurdir.
Buyuk bobokalonimiz nomlari bilan atalguvchi Milliy bog‘imiz ichra, hazrat 
siymosi nur taratib turgan muazzam go‘shada bunyod etilgan „Adiblar xiyoboni“ 
bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi oq va ko‘rkam binosiga bo
-
qib, faxr va shukronalikda ko‘ngildan ezgu niyatlar o‘tdi. 
Bu go‘shakim, dil bahr olar, muanbar ziyoratgoh bo‘lgay, 
Sohibkim hazrat Navoiy, demakkim, saodatgoh bo‘lgay, 
Misli „Musallo“dek ahli ko‘ngilga sajdagoh bo‘lgay, 
Bunga pok qalb-la kelganlar anga o‘zi guvoh bo‘lgay.
Bul Adiblar xiyoboni – ko‘ring, qanday nurxonadur, 
Mudom bahor yashnab turgan Bog‘i Eram, gulxonadur, 
Ayvonida Hazrat duo qilib turgan pirxonadur, 
Pok ko‘ngillar nur sochguvchi munavvar saylgoh bo‘lgay. 
Axir Hazrat ul marhamat nigohi-la boqib turar, 
Bir inoyat gulistoni har bir qalbni yoqib turar, 
Botin ichra so‘z ummoni misli qondek oqib turar, 
Bunda ash’or aytgan dilga bulbullar xayrixoh bo‘lgay.
http://eduportal.uz


4
Davr nizomin adl etgan zot azmin Haq ham qo‘llagay, 
Davron eli duosiga monandi ijobat yo‘llagay,
Ko‘ngillarda so‘z gullasa, jism-u jon, Vatan gullagay,
Odamiy orzumand elga bu joy bir sajdagoh bo‘lgay! 
(
Minhojiddin Mirzo)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin