Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

12.5- mashq.
 
Ikki guruhga bo‘linib, matnda qo‘llangan ko‘hna so‘zlarning bugungi 
muqobili bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Xonlig‘i
Xonligi
http://eduportal.uz


47
12.6- mashq. 
Izohli lug‘at yordamida quyidagi so‘zlarning ma’nosini tushuntiring: 
kaniz, ulamo, maqom, shariat.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
12.1- topshiriq.
 
Matnni o‘qing. Usta nima uchun „adashgan“i haqida fikr-mulo
-
haza yuriting.
Aka-uka otalaridan qolgan hovlida kun kechirar edilar. Bir tushunmov chi-
lik sabab oralariga sovuqchilik tushdi. Kunlar o‘tgani sayin o‘rtadagi jarlik 
kattalashib bordi. Oxir-oqibat hovlining qarama-qarshi tomonlariga uy solib 
yashay boshlashdi.
Bir kuni akaning eshigi taqilladi. Ostonada katta yoshlardagi odam turardi.
– Men ustaman, – dedi u, – ish qidirib yuribman. Balki, hovlingizda men
-
bop yumush topilib qolar.
– Ha, albatta! Hovlini kesib o‘tgan ariqni ko‘ryapsizmi? O‘tgan haftada 
ukam kavlatdi, o‘zicha hovlini ikkiga ajratib, yerni chegaralab qo‘ydi. Bu yerda 
yetarlicha taxta bor, – dedi aka omborxonasiga ishora qilib. – Siz hovlini butkul 
ajratish uchun o‘sha ariq bo‘ylab to‘siq qurib bering.
Usta darhol ishga kirishdi. Taxtalarni olib chiqdi, o‘lchab kesdi, randaladi. 
Bu orada ohorli kiyimlarini kiyib olgan aka uyidan chiqib kelib so‘radi:
– Men shaharga bozorga ketyapman. To‘siq uchun yana biror narsa kerak 
emasmi?
– Rahmat, hamma narsa yetarli, – javob berdi usta.
Kechga yaqin shahardan qaytgan akaning jahli chiqdi, chunki usta ariq 
ustiga ko‘prik qurib qo‘ygandi.
– Men sizga to‘siq quring, degandim-ku! – dedi g‘azab bilan ustaga 
qarab. Usta javob berishga ulgurmasidan ko‘prikni ko‘rgan uka ular tomon
-
ga yura boshladi. Akasining xohishi bilan qurildi, deb o‘ylab xursand bo‘ldi. 
Shoshib ko‘prikdan o‘tdi va akasini quchoqladi. Ariq qazdirgani, qo‘pol muo-
malasi uchun uzr so‘radi. Ikkovlari suhbatga kirishib ketishdi. Bu orada anjom
-
larini yig‘ishtirib, ketishga hozirlanayotgan ustaga aka: „Shoshilmang, meh-
monimiz bo‘ling“, – deb taklif qildi. U esa:
– Rahmat, qololmayman. Men hali juda ko‘p ko‘priklar qurishim kerak, – 
dedi tabassum bilan va yo‘lida davom etdi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin