Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

5-topshiriq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang. 
I
. 1. Ayiq; 2. Kenguru; 3. Bug‘u; 4. Sigir; 5. Humo. Ushbu „muqaddas“ 
nomlar qaysi davlatlarda inson himoyachisi sifatida talqin qilinadi? 
A. AQSHda – ayiq, Avstraliyada – kenguru, Kanadada – bug‘u, Hindistonda – 
sigir, O‘zbekistonda – humo.
B. AQSHda – bug‘u, Avstraliyada – kenguru, Kanadada – ayiq, Hindistonda – 
sigir, O‘zbekistonda – humo.
C. AQSHda va Avstraliyada – kenguru, Kanadada – bug‘u, Hindistonda –
humo, O‘zbekistonda – sigir. 
D. AQSHda va Kanadada – bug‘u, Avstraliyada – kenguru, Hindistonda – 
sigir, O‘zbekistonda – humo.
II
. Qaysi gapda olmosh evfemizm sanaladi:
A. O‘zlari ijozat bersalar, mashg‘ul bo‘lur edik.
B. Odam ham o‘z-o‘ziga dushman bo‘lishi mumkinmi?
C. O‘shalarning gapiga kirib, ayniding-qo‘yding.
D. Bugungi ishimiz sizga ajoyib tuyilayotgandir.
6- topshiriq.
Quyidagi fikrni davom ettiring, matnda qo‘llangan olmoshlar uslubi
-
yatini izohlang. 
Shuni unutmangki, hayotdagi sinovlar insonni yengib qo‘ymasligi 
kerak, chunki ular...
http://eduportal.uz


45
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Narsa-voqea va joylarni muqaddaslashtirish qanday omillarga bog‘liq?
2. Bugungi kunimizda olovga sig‘inish e’tiqodining qaysi qoldiqlari yashab 
kelmoqda?
3. Matnni o‘qing. Yashirin so‘zlarni qo‘llash zaruriyati nima uchun kerak? 
– „Lochin“, „Lochin“, meni eshityapsizmi? „Shunqor“man, zudlik bilan 
aloqaga chiqing.
– „Shunqor“, men „Lochin“man, sizni yaxshi tushundim. „Ov“ga chiqqan 
K.R.ning iziga tushdim.
– Yaxshi, „Lochin“, vaziyatga qarab ish tuting. Agar yordam kerak bo‘lsa, 
men „G“ nuqtadaman.
– Tushundim. Aloqa tugadi.
 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1- vazifa.
Matnni o‘qing. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xulosangizni yozing.
Har xil sabablarga ko‘ra taom tanovul qilinayotganda davra ahlidan biror
-
tasining tomog‘ida ovqat qolib (bu tabiiy holat) yo‘talishi mumkin. Shunda 
„Shoshilmay yeng“, „Sekin yeng-da“ degan qo‘pol gaplar aytilmay, ak
-
sincha, „Osh-osh“ (
osh bo‘lsin
ma’nosida), „Razzoq“ yoki „Razzoq-razzoq“
(
rizq beruvchi O‘zi
ma’nosida) iboralaridan foydalanilgan holda yo‘taluvchini
xijolatdan chiqarish madaniyat hisoblanadi. Yo‘taluvchi yosh bola bo‘lsa,
yuqoridagi so‘zlar aytilib, yelkasiga qoqib qo‘yiladi.
Ba’zan davra ahlidan birortasini hiqichoq tutganda „Kimning haqini ye-
dingiz?“ deyiladi. Bu noo‘rin ibora o‘rniga odatimizga ko‘ra „Uzoq nafas ol
-
may turing“ yoki „Yetti qultum suv iching, o‘tib ketadi“ deyish jo‘yali hisob-
lanadi. 
(J. Omonturdiyev)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin