46
12- mavzu. MATN VA LUG‘AT BILAN ISHLASH
12.1- mashq.
Matn bilan tanishing.
Turkiston xonlig‘i tarixidan xabardor kishilarga ma’lumdirki, Amir Umar xon
oxir umrida o‘z saroyidagi
yosh kanizlardan biriga
muhabbat qo‘yadir
.
Kaniz yosh bo‘lg‘anligi va
balog‘atka yetmaganligi
uchun uni
nikohiga olol-
may
vaqt kutadir. Shu kutib yurish yillarida Umarxon murodiga yetolmay
vafot qiladir
, taxtka o‘g‘li
Madalixon
minadir
.
Oradan bir necha yillar o‘tib, boyag‘i kaniz qiz balog‘atka erishadir
va bir husniga o‘n husn qo‘shulib, otaning bolasi bo‘lg‘an Madalixonni ham
o‘ziga oshiq qiladir. O‘z saroyida o‘skan bu qizni yosh xon hamisha
ko‘z
o‘ngida yuritsa
ham,
biroq
...
tarixning
bizga
xabar berishiga
qarag‘anda,
Madalixon shu qizning dardida necha yillar yonadir. Chunki ulamolar bu
go‘zalni Madaliga ona maqomida hisoblab,
nima uchundir xonning
orzusig‘a
ko‘ndalang keladirlar
: „Otangiz, agarchandi kanizni o‘z nikohlariga olmag‘an
bo‘lsalar ham, lekin balog‘atka erishgach olarman, deb niyat qilganlar. Binobarin,
bu kaniz sizga ona maqomida,
shari’at ruxsat bermaydir
!“
(A.Qodiriy)
12.2- mashq.
„Mehrobdan chayon“ asaridan olingan ushbu parchaning davomi
bilan qiziqib ko‘ring. Voqea qaysi ayanchli hodisa bilan tugaydi?
12.3- mashq.
Matnga sarlavha toping va reja tuzing.
12.4- mashq.
Matndagi ajratib ko‘rsatilgan evfemizmlar o‘rniga quyida berilgan
so‘zlarni qo‘yib, qayta o‘qing va xulosangizni ikki jumlada bayon qiling
.
Sevmoq, yetilmaganlik, uylanmoq, o‘lmoq, podsho bo‘lmoq, saqlamoq, to‘siq
bo‘lmoq, chiqmoq, xotin qilib olishga qarshi.
Dostları ilə paylaş: