53
ring nima o‘zi? U nimadan ishlangan?“ – deb so‘rabdi Eman. „Bolta – temirdan
yasalgan bir matoh“, – deb javob beribdilar. „O‘zi-ku,
temir ekan, dastasi-chi?
Dastasi ham temirdanmi?“ – deb so‘rabdi Eman. „Yo‘q, – debdilar, – dastasi –
og‘ochdan, o‘zimizdan“.
„Dastasi o‘zimizdan bo‘lsa, unga chora yo‘q“,
– de
-
gan ekan Eman.
O‘zingdan chiqqan baloga qayga borasan da’voga.
Manglayingga uradigan toshing ham o‘zingdan bo‘lsin.
O‘zingdan o‘tganni o‘zaging bilar.
3. Jolinus hakim bir kimsa donishmand
bir zotning yoqasidan tutib, uni
haqorat qilayotganini ko‘rdi va shunday dedi:
–
Agar bu odam chindan ham dono bo‘lganida, uning bir nodon bilan
ishi shu darajaga bormas edi
.
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
Nodon so‘zlar – dono ibrat olar.
14.4- mashq.
Maqollar juftligini o‘qing. Ularning bir-birini inkor etishi yuzasidan
„Fikrlar jangi“ni tashkil qiling va o‘z mulohazangizni bayon eting.
1. Gap bilan kerilma, ish bilan keril.
Ish bilganga bir tanga, gap bilganga
ming tanga.
2. Tekin bo‘lsa, mix yut.
Tekin tomoq tish sindirar.
3. Yomon ko‘rgan kishingga yomon narsangni ber.
Yomonlikka yaxshi
-
lik mard kishining ishidir.
4. Har kim boshiga yog‘gan qorni o‘zi kuraydi.
Ko‘pdan quyon qochib
qutulmas.
14.5-mashq.
Rasmlar asosida yil fasllari bilan bog‘liq maqollar topib yozing.
http://eduportal.uz
54
14.6- mashq.
„Mening taqdimotim“ tanlovini uyushtiring.
Berilgan maqollarning
qanday vaziyatlarda qo‘llanishi borasida o‘zaro fikr almashing.
1. Uzoq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi, yomon bo‘lsa ham, el yaxshi.
2. Hayronman Shoniyozning ishiga, etik sotib, paytava olib yurishiga.
3. Sulaymon o‘ldi – devlar qutuldi.
4. Tuyaning tashigani – tilla, yegani – yantoq.
5. Dum tilab, quloqdan ajrabdi.
6. Tosh qattiqmi, bosh qattiqmi?
Dostları ilə paylaş: