79
berib kelinmoqda.
An’ana
ga ko‘ra, qaror Alfred Nobel
tavallud topgan oktabr oyida e’lon
qilinadi va u vafot
etgan 10- dekabr sanasida tantanali ravishda topshiriladi.
Har bir mukofot Nobel
fond
idagi pul miqdoriga qa-
rab o‘zgarib turadi. 2019- yilgacha 887 kishi (ular orasida
49 nafar ayol) va 24 ta tashkilot Nobel mukofotiga sazo
-
vor bo‘lgan.
(Muzaffar Qosimov)
2- topshiriq.
Dars davomida quyidagi savollarga javob
toping:
1. Olim o‘z mukofoti qaysi fan vakillariga berilmasligini vasiyat qilgan?
2. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan mashhur insonlardan kimlarni bilasiz?
3- topshiriq.
Quyidagi izohlardan matnda ajratilgan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini
aniqlab, imlosini yodda tuting.
1) davlat, muassasa va shu kabilarning muayyan
maqsad uchun ajratilgan
puli, mablag‘i, moddiy boyliklari; jamg‘arma; qat’iy,
barqaror daromad keltiruv-
chi qimmatbaho qog‘ozlar; 2) hayotda qaror topgan (topayotgan) udum, urf-odat
va boshqa amallar; 3) kredit-moliya muassasasi; 4) ilm-fan yoki san’atni rivoj-
lantirishga hissa qo‘shgan malakali olimlariga ega bo‘lgan
oliy ilmiy muassasa;
5) ijodkorlik, ish-faoliyat sohasi bo‘yicha musobaqa-tanlovlarga
nomzodlar
ko‘rsatish va g‘olibni aniqlash jarayoni.
4- topshiriq.
Matnni o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalarni topib, tahrir qi-
ling va ko‘chiring.
Dunyoni g‘aroyib mukofotlaridan biri Shnobel (Ignobel) mukofoti bo‘lib, u
nufuzdor Nobel mukofotini teskarisi sanaladi. Bu mukofot 1991- yilda ta’sis qi-
lingan va shubhalik, hayotga qo‘llanilmaydigan ilmiy kashfiyotlar uchun beriladi.
Qizig‘i shundaki, g‘olibga nominantlarning soxta va
kulgili ilmiy yutuqlari mo
-
hiyati aks etgan haykalcha hamda allaqachon muomaladan chiqarilgan 10 trillion
Zimbabve dollari topshiriladi. (
Internet ma’lumotlaridan
)
Dostları ilə paylaş: