90
Momaqaldiroqdek dahshatdir, dahshat!
Tokay quturar u nafsini tiymay?
Tokay jonivorlarni g‘ajiydi behad?!“
Sherga bu arzi hol yetgani zamon
Ayiqqa yukladi hal etishni u.
Ayiq esa esnab, kerishib dedi:
„Aytgancha, u yerning piri – Bo‘ri-ku,
Yaxshisi, bu ishni o‘sha hal qilsin.
Ha, u ishonchimga loyiq ham ulug‘!“ –
Deya buyruq berdi yassilab tilin.
Bo‘riga yetgach bu antiqa buyruq,
Quyonga o‘shqirdi g‘ijirlatib tish:
„Hm… Hali Sherga arz qildim ham degin!
Ol-a, sen pastkashga Sher ishonarmish.
Meni yo‘qotishning qilarmish evin.
Bilib qo‘y, sen yozgan arz menda, mana!!!
Masalangni o‘zim qilarkanman hal.
Bor, ustimdan arz qil yana, xomkalla!“
„Bundoq bo‘lishini bilsaydim avval,
Kirdikoringizdan ochmasdim og‘iz…“ –
Deya qaltiradi zorlanib Quyon.
„Ah yuvosh qochag‘on…“ Bo‘ri yalmog‘iz
Etdi shu zumdayoq sho‘rlikni gumdon.
(Yamin
Qurbon)
Dostları ilə paylaş: