Asliga to‘g‘ri (muhr)
21.4- mashq.
Bayonnomadan ko‘chirma
matnining tarkibiy qismlari bilan tani shing.
Zaruriy qismlar:
1
Muassasa nomi
2
Sana (majlis sanasi)
3
Shartli raqami
4
Hujjatning nomi (Bayonnomadan ko
‘
chirma)
5
Bayonnoma tuzilgan joy
6
Matn:
a) kun tartibi;
b) „eshitildi“;
d) „qaror qilindi“.
7
Imzolar
8
Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan)
21.5- mashq.
Berilgan shaxsiy va rasmiy xat namunalari bilan tanishib chiqing.
U larning o‘xshash va farqli tomonlarini VENN diagrammasida ifodalang.
Hurmatli Anvar aka, assalomu alaykum.
Hammamiz sog‘ va salomatmiz. Kelin oyim orqaliq berib yuborg‘an xatingizni
oldiq, sog‘lig‘ingizni, tinchlig‘ingizni o‘qib va eshitib juda xursand bo‘ldiq: ilo
-
hi, salomat bo‘lsinlar. Soniy (
ikkinchidan
), bizdan ahvol so‘rasangiz, alhamdulil-
lah, tinchmiz, xotirjam bo‘lursiz. So‘ratib yuborg‘an kitobingizni berib yubordim.
Ayamdan sizga salom, boqiy so‘zni Shayxi Sa’diydan o‘qursiz, deb xatni muxtasar
(
qisqa
) qildim.
Ra’no. (A.Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ romanidan)
http://eduportal.uz
87
***
Sevimli farzandimiz, ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati,
hayotimiz davomchisi Akbarxon!
Avvalo, Yaratgandan senga omonlik va salomatlik tilagan holda ushbu xatni
yozyapmiz. O‘g‘lim, sog‘-salomat yuribsanmi? Harbiylik hayoti qiynamayaptimi?
Ham xizmat, ham o‘qish toliqtirib qo‘ymayaptimi?
Bizdan aslo xavotir olmagin. Onajoning ham, uka-singillaring ham omonlikda
yurishibdi. Duoyi joningni qilib, yo‘lingga ko‘z tikib o‘tiribmiz. Bahorda qayta
-
man, deganing uchun kun sanayapmiz, bolam. To‘ng‘ichimiz bo‘lganing sabab
senga juda suyanib qolgan ekanmiz. O‘z yigitlik burchingni bajarib, yuzing yorug‘
bo‘lib, uyga qaytgin, askar o‘g‘lim.
Diydoringni intizorlik bilan kutayotgan otang va onang.
***
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga va 2020- yil 1- may kuni Sardoba suv omborining to‘g‘oni qisman qu
-
lashi oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman. Suv ostida qolgan uylar,
ko‘chirilgan aholi, vayron bo‘lgan yo‘llar va fermer xo‘jaliklari tasvirini ko‘rish
qalbni larzaga soladi.
Shaxsiy e’tibor va tezkor choralar ko‘rish orqali Siz yetakchilik xususiyatla rini
namoyish etdingiz. Davlat departamenti va AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi
ham ushbu fojiaga javoban darhol chora ko‘rdilar va ko‘mak ko‘rsatishga qaratil
-
gan sa’y-harakatlarimiz uchun mablag‘ ajratdilar.
Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mushkul paytda O‘zbekiston va uning xal
-
qiga yelkadoshdir. Dunyo hamjamiyatida munosib o
‘
ringa ega mamlakatingiz bilan
hamkorlik aloqalarini davom ettirishga doim tayyormiz.
Hurmat bilan Donald Tramp,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti („Rasmiy xabarlar“dan)
***
http://eduportal.uz
88
Alisher Navoiy nomidagi
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
rektoriga
Dostları ilə paylaş: |