Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Rasmiy va shaxsiy hujjatlarning tili va uslubi qanday bo‘ladi?
2. Elektron hujjatlar „Maykrosoft!“ („
Microsoft
“)ning qaysi dasturlarida tay-
yorlanadi?
3. Berilgan ish qog‘ozlarini tarkibiy qismlari joylashuviga ko‘ra jadvalga 
joylashtiring.
E’lon, tabriknoma, shartnoma, tavsifnoma, ariza, bayonnoma, dalolatnoma
hisobot, taklifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, tushuntirish xati, faks, 
taqriz, buyruq, rezyume, tarjimayi hol, so‘rovnoma. 
 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
21.1- topshiriq

Matnni o‘qing. Unda qanday hujjat haqida gap ketgan? Ramziy 
timsollarni izohlab, masalga o‘z munosabatingizni bildiring
.
Xo‘rlikdan jon kelib hiqildog‘iga, 
Sher nomiga Quyon yozdi arzi hol:
„Ey panohim, botdi g‘am botqog‘iga
Bo‘sh-bayovlar ko‘rib Bo‘ridan zavol.
Tun-u kun ichsa ham, yesa ham tinmay,
Sodda ish qog‘ozlari
Murakkab ish qog‘ozlari 
http://eduportal.uz


90
Momaqaldiroqdek dahshatdir, dahshat!
Tokay quturar u nafsini tiymay?
Tokay jonivorlarni g‘ajiydi behad?!“
Sherga bu arzi hol yetgani zamon
Ayiqqa yukladi hal etishni u.
Ayiq esa esnab, kerishib dedi:
„Aytgancha, u yerning piri – Bo‘ri-ku, 
Yaxshisi, bu ishni o‘sha hal qilsin.
Ha, u ishonchimga loyiq ham ulug‘!“ –
Deya buyruq berdi yassilab tilin.
Bo‘riga yetgach bu antiqa buyruq,
Quyonga o‘shqirdi g‘ijirlatib tish:
„Hm… Hali Sherga arz qildim ham degin!
Ol-a, sen pastkashga Sher ishonarmish.
Meni yo‘qotishning qilarmish evin.
Bilib qo‘y, sen yozgan arz menda, mana!!!
Masalangni o‘zim qilarkanman hal.
Bor, ustimdan arz qil yana, xomkalla!“
„Bundoq bo‘lishini bilsaydim avval,
Kirdikoringizdan ochmasdim og‘iz…“ –
Deya qaltiradi zorlanib Quyon.
„Ah yuvosh qochag‘on…“ Bo‘ri yalmog‘iz
Etdi shu zumdayoq sho‘rlikni gumdon.
 
(Yamin 
Qurbon)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin