Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

So‘rovnoma
Sizdan 2018- yil 20- iyunda Davronova Ra’no Sobirovna nomiga beril
-
gan K № 1441 raqamli diplomning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi yuzasidan aniq 
ma’lumot berishingizni so‘rayman.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri
5- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
(
imzo
)
Azimov Botirjon
2020- yil 20- may
21.6- mashq.
Tavsiyanoma
namunalari bilan tanishib chiqing. Mustaqil tarzda huj
-
jatning tarkibiy qismlari qolipini tayyorlang, imlosiga diqqat qiling.
Tavsiyanoma
Men, Yo‘ldoshev Farhod, 1967- yilda tug‘ilganman, hozirda Xalqaro „Navro‘z“ 
xayriya jamg‘armasining Xorazm viloyati bo‘limi raisi bo‘lib ishlayman.
Nazarov Sobir O‘ktam o‘g‘lini 2015- yildan beri yaxshi bilaman. U – chuqur 
bilimli, yuksak salohiyatli olim. Oila a’zolari, mahalladoshlari, kasbdoshlari bilan 
munosabatlarda samimiy, kamtar va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. Nazarov 
Sobir Urganch shahrining „Bog‘ishamol“ mahallasida o‘tkaziladigan barcha tad
-
birlarda faol qatnashadi.
Nazarov Sobir O‘ktam o‘g‘li shaxsiy manfaatlaridan xalq va davlat manfaatla-
rini ustun ko‘rishini jamoamiz yaxshi biladi va tasdiqlaydi. U har qanday mas’uliyatli 
vazifani a’lo darajada bajarishiga to‘la ishonaman.
2020- yil 18- iyun (
imzo
)
 F. Yo‘ldoshev
Tavsiyanoma
Men, Begmatov Komiljon, 1966- yilda tug‘ilganman, hozirda Piskent tuman 
„Mikrokreditbank“ boshqaruvchisi vazifasida ishlayman.
Ilhomov Azizjon Botirjon o‘g‘li 2017- yildan buyon bank jamoasida faoliyat 
yuritadi. U o‘z sohasining bilimdoni sifatida barchaning hurmatini qozongan. Oliy 
http://eduportal.uz


89
ma’lumotli bu mutaxassis mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda yetarlicha moli
-
yaviy savodxonlikka ega. Shuningdek, kasbiy salohiyatini shaxsiy manfaatlaridan 
ustun ko‘rishini jamoa a’zolari yaxshi biladi va tasdiqlaydi. 
Ilhomov Azizjon Botirjon o‘g‘lini kredit bo‘limi boshlig‘i vazifasiga tavsiya 
qilaman.
2020- yil 18- iyun (
imzo
)
K.Begmatov 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin