Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

21.2- topshiriq.
Masalda ko‘tarilgan mavzu qay darajada dolzarb? O‘z munosa-
bati ngizni hayotiy voqealar asosida yozma bayon qiling.
http://eduportal.uz


91
YIL DAVOMIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
1- topshiriq.
Matnni o‘qing. Hikoyat mazmuni haqidagi xulosangizni bayon qiling.
Bir hushyor hunarmand yigit bor edi,
Notiq-u mardona, aqli yor edi.
Sohibdil
,
 haqparast
pokiza oti,
Xattotlar
chizgandek 
orazin xati
.
Lug‘atdon
,
tilshunos
bilimi yetuk,
Ammo „sh“ tovushin aytolmas tuzuk. 
Suhbatdoshim edi bir oqil kishi,
Dedim: „Falonchining yo‘qmi old tishi?“
Gapimdan baxmaldek qizarib yuzi,
Dedi: „Unday dema, nodonlar so‘zi.
Birgina aybini ko‘rib qolibsan,
Yuz 
fazlidin
ko‘zing yumib olibsan!“
Birov 
ilmdon
-u bo‘lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog‘i
 yakbor
.
Kichik bir xatoga gapirma qo‘pol,
Ulug‘lar demishlar: „Yaxshilikni ol!“
Birga o‘sadi-ku tikan birla gul,
Ey oqil, tikanmas, gulni dasta qil. 
 
 
(Sa’diy, 
„Bo‘ston“dan)
2- topshiriq.
Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ma’nosini izohlang.
http://eduportal.uz


92
3- topshiriq.
 
Oxirgi bayt uchun eng maqbul fikrni topib, izohlab yozing.
1. Gul tikansiz bo‘lmas, dur – sadafsiz.
2. Gul tilagan xor jafosin chekar.
3. Tikanini olib tashlab, guldasta tayyorla.
4. Har narsadan yaxshilikni qidir.
4- topshiriq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang. 
1. Berilgan tinish belgili qolip qaysi misralarga mos keladi: 
___________________, 
_______: „_________!“
A. Sohibdil, haqparast pokiza oti,
Xattotlar chizgandek orazin xati.
B. Suhbatdoshim edi bir oqil kishi,
Dedim: „Falonchining yo‘qmi old tishi?“
C. Dedi: „Unday dema, nodonlar so‘zi.
Birgina aybini ko‘rib qolibsan,
Yuz fazlidin ko‘zing yumib olibsan!“
D. Kichik bir xatoga gapirma qo‘pol,
Ulug‘lar demishlar: „Yaxshilikni ol!“

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin