2. Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo maqoli qaysi gapning ixcham shakli
bo‘la olishini toping.
A. Sukut saqlagan kishini bevoqif, ko‘p gapirgan kishini aqlli deb bilma.
B. Boshqalarga quloq tut, biroq aytgan gaplarining barini to‘g‘ri deb o‘ylama.
C. Agarda boshqalar haqida hech qanday yaxshi so‘z aytolmasangiz, gapirmay
jim turganingiz ma’qul.
D. Odamlarda yaxshi taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, suhbatni chiroyli tu
-
gatishga harakat qiling.
5- topshiriq.
Quyida berilgan fikrlarning mag‘zini chaqing va yod oling.
Burgutni cho‘qishga haddi sig‘adigan yagona qush – bu qarg‘a. U burgutning
yelkasiga qo‘nib, bo‘ynini cho‘qiy boshlaydi. Ammo mag‘rur qush bunga e’tibor
http://eduportal.uz
93
bermaydi, qarg‘a bilan kurashmaydi,
kuchini bekorga sarflamaydi. U shun
-
chaki, qanotini keng yo yib, tepaga –
osmon-u falakka parvoz qiladi. Burgut
balandlagani sari qarg‘a nafas olishga
qiynalib, oxiri qulab tushadi.
Odam o‘z maqsadi sari harakat
qilganida kim bilandir bahslashishga
yoki kimgadir biror nimani isbotlashga
hojat yo‘q. Maqsad qo‘ydingizmi, de
-
mak, reja qilgan ishning yarmini baja-
ribsiz. Endi ortga qaramasdan, qolganini ham amalga oshirish uchun harakat
-
dan to‘xtamang. Oldinga qarab intiling, yo‘lda davom eting, shunda hamma
to‘siqlar o‘z-o‘zidan qulay boshlaydi.
Mustaqil hayotda sobitqadam bo‘ling.
6- topshiriq.
O‘zingizni suxandon sifatida tasavvur qilib, „
Hayotda sobit qadam
bo‘laman
“ mavzusida kichik matn yarating. Unda quyidagi hikmatli so‘z va ibrat
-
li fikrlardan foydalanishga harakat qiling.
Daqiqalar, kunlar sekin o‘tadi, yillar esa tez o‘tar ekan.
(O.Madayev)
Ba’zan insonning ishlari ortga ketsa, noumid bo‘lmasligi kerak. Axir, ka
-
mon o‘qi ham oldinga otilishdan avval biroz ortga tisariladi
(„Hikmatlar saodatga yetaklar“ kitobidan)
http://eduportal.uz
|