ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121 Academic Research, Uzbekistan 120 www.ares.uz o‘stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishlari
ham nazarda tutiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi bo‘limlarni o‘z
ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elem entar o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Bolalarga savod o‘rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda
jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy
onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.
2. O‘qish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish predm etining vazifasi
bolalarni to‘g‘ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o‘qish m alakalari bilan qurollantirish
hisoblanadi.
3. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‘lim elem
entar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, gram m atik tushunchalar, boshlang‘ich
imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
4. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi.
Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan
va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq
tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas,
balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan
yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va
bog‘lanishli nutqini o‘stirishni ham ta ‘minlashi kerak. Shuni aytib o‘tish kerakki,
bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilm aydi, u til fanining boshqa
bo‘limlari bilan bog‘langan holda shakllantiriladi.
Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o‘qitish
metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi
o‘quvchilam ing o‘zbek tili lug‘at boyligini to‘liq o‘zlashtirib olishlarini ta ‘minlashdir.