ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121
Academic Research, Uzbekistan 119 www.ares.uz
2. O‘qitish metodlari,
tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar
amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday
o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai
nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „ Nega xuddi
mana shunday o‘qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, m
etodlarni o‘rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi,
tavsiyalarni eksperimental
tekshiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‘qitish
metodikasining dastlabki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich
sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‘ich
sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish
metodikasinigina emas, balki xat-savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish
metodikalarini ham o‘z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona
tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini,
ya’ni kursning (xat-savod o‘rgatish, o‘qish, gram matika, imlo, nutq o‘stirish va h.k.)
dasturini belgilash va asoslash;
b) o‘qish va yozuvdan bilim va ko‘nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu
jarayonda o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o‘rganish,
xatolarning sababini
tahlil qilish, ularning oldini olish va to‘g‘rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab
chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o‘quv materialini o‘quvchilar aniq tushunishi va puxta
o‘zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‘quvchilarnng
umumiy taraqqiyotiga, ya’ni
ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini,
yodda
saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‘ylashini, nutqini o‘stirishga yordam beradigan
m etod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o‘rgatish bilan bog‘liq holda maktablar oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirish, o‘quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o‘qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikm a va malakalarini aniqlaydi, o‘qishning muvaffaqiyati
va kamchiliklarini
belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi.
Ona tili metodikasi ta ‘lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o‘qitishning
izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan,
bolalaming nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar nutqini