Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Tayanch tushunchalar: yozuv tarixi; yozuv, fonetik yozuv, yozuv va imlo; qadimgi turkiy yozuvlar: ko‘k turk, uyg'ur, sug‘d, moniy, brahma, suryoniy, arab yozuvlari; turkiy yozma yodgorliklar; ko ‘k turk, uyg‘ur, arab yozuvidagi turkiy yodgorliklar.
TURKIY-RUN YOZUVI
Qadimgi turkiy yozuvlarning kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin umuman yozuvlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti to‘g‘risidagi umumiy jarayonga e’tibor qaratamiz. Zotan, turkiy yozuvlar ham dunyo yozuvlari taraqqiyoti qonuniyatlaridan chetda emas.
Yozuvning dastlabki bosqichi sifatida rasmli yozuv e’tirof etiladi. Rasmli yozuvga ibtidoiy san’at asos bo‘lgan. Yozuvning bu turi faqat olamni anglash ifodasi sifatida emas, balki insoniyatning badiiy ehtiyojini qondirish uchun yoki sehr-jodu maqsadlarida qo‘llangan. Yozuvning bu turi qachon paydo bo‘lgani to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q bo‘lsa-da, arxeologlar “ibtidoiy san’atning ilk izlari sifatida so‘nggi tosh davriga mansub”ligini aytadilar. Neolit davrida esa ma’lum darajada ishlangan alifbo paydo bo‘ldi.
Yozuv qanday paydo bo'lgan, degan savolga olimlar turlicha javob heradilar. XX asrning birinchi yarmida yozuvning paydo bo‘lishi lo‘g‘risida N. Y. Marr va I. I. Meshchaninov ilk bor o‘z qarashlarini ilgari surdilar. Ularning nazariyasi bo‘yicha, tilning ikki turi bo‘lgan: birinchisi — tovush tili, ikkinchisi yozuv tilidir. Ilk yozuv hatto tovush lilidan yoki boshqacha aytganda “imo-ishoralar” tilidan oldin paydo bo‘lgan. Ular yana shuni ta’kidlaydilarki, ilk yozuv magik (ya’ni sehr- jodu) vazifani bajargan'. Chex tilshunosi Ch. Loukotka ham bu fikrni qollab-quwatlaydi36. Shuningdek, g‘arb tilshunosligida ham N. Y. Marr bilan 1.1. Meshchaninovlarnikiga yaqin fikrlar paydo bo‘ldi. Jumladan, (i. Malleri Amerika hindulari tilida ko‘pgina belgilar imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini isbotladi. Shu tariqa yozuv “tushuncha — so‘z — yozuv belgisi” ko‘rinishidagi yangi qo‘shimcha aloqalami yaratadi.
Chjon Chjen-Min ham jamiki xitoy ierogliflari imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini dalillashga urindi. Shuningdek, ieroglifik yozuvning dastlabki namunalaridan bo‘lgan xitoy yozuvida bitta element bilan yozilgan xat uchramaydi. Xitoy yozuvidagi hozirda mavjud bo‘lgan belgilar rasmli yozuv bilan baravar ravishda paydo bo'lgan. Shuning uchun xitoy yozuvidagi hamma ieroglifik belgilarni imo-ishoralarga bog‘lash uchun asos yo‘q. Bunga qo‘shimcha dalil sifatida Misr va shumer yozuvlarini keltirish mumkin. Bu har ikki yozuvdagi belgilarga imo- ishoralar aslo ta’sir etmagani o‘z isbotini topgan. Bu yozuvlarda buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydi. Dastlabki mukammal yozuvlar sifatida ana shu ikki ideografik yozuvni ko‘rsatish mumkin. Bu yozuvlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ham g‘arbda turli qarashlar bor. Jumladan, Misr yozuviga Mesopotamiya, ya’ni shumer yozuvi ta’sir etgan degan qarashlar mavjud. Ammo ko‘pchilik olimlar, Misr yozuvi mustaqil ravishda rivojlangan, deb qaraydilar.
Misr yozuvidagi belgilarning eng diqqatga sazovortomoni, yuqorida aytib o‘tganimizdek, buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydi. Yozuvdagi ana shu rasmlar o‘ninchi ming yillikdan — yozuv paydo boigan davrdan boshlab milodiy III—IV asrgacha davom etib kelgan monumental yozuv da saqlangan. Kundalik turmushda qoilana borgan sari, shuningdek, kitobatchilikda belgilar tez yozilishi natijasida ilk davrdagi rasmli alomatlarini yo‘qotgan va harfli yozuvga yaqinlashgan. Rasmli monumental yozuv va kursiv yozuv hozirgi yozuvimizdagi bosma va qo‘lyozma shakllarga o‘xshab ketadi. Misr yozuvi belgilari miqdori taxminan besh yuzta atrofida bo‘lgan.
Qadimgi yunonlar Misr yozuvini muqaddas deb qaraganlar. Jumladan, Gerodot (mil. ol. V asr) Misr yozuvi belgilarini “muqaddas belgilar” deb ta’riflagan edi.
Misr yozuvi ikki usulda — gorizontal holda o‘ngdan chapga yoki vertikal holatda yuqoridan pastga, ustunlar ham o‘ngdan chapga qarata yozilgan.
Shumer mixxatlari Evfrat va Tigr daryolari oralig‘ida miloddan oldingi to‘rtinchi-uchinchi ming yilliklarda paydo bo‘ldi. Bu yozuv turi Misr yozuvidan shakl tomondan farq qilishi bilan birga, yozuv bitilgan materillarda ham farq boigan edi. Misr yozuvi papiruslarga, shumer mixxatlari esa loy “taxtacha”larga bitilgan. Mixxatlar, shumerlardan tashqari, Urartuda (Armanistonda, mil. ol. I ming yillikda), xetlarda (mil. ol. II ming yillikda Kichik Osiyoda), akkadlarda va boshqa bir qator xalqlarda ishlatilgan. Mixxatlar Sharqda keng hududga tarqalgani uchun bu yozuv turini “Qadimgi Sharqning lotin yozuvi” deb ham ataydilar.
Keyingi yillarda shunday fikrlar paydo bo'ldiki, yozuvning ilk shakllari
biz so‘nggi paleolit davriga oid deb qarayotgan belgilar o‘z shaklini tabiatdan, tabiatda paydo bo'lgan jonzotlardan, samoviy jismlardan olgan, shuningdek, ko‘p belgilar ham imo-ishoralar tilidan kelib chiqqan ekan. Yozuvning bu bosqichi formulasi quyidagicha: belgi+nom+belgining lalqini+so'z-tushuncha37. Bu ham yozuvning paydo boiishi va taraqqiyotidagi muhim g‘oya boia oladi.
Umuman, yozuvning ma’lum belgilari paydo bo‘lishining biron sababi bor, sababsiz belgilar paydo bo‘la olmaydi. Yozuvlaming kelib chiqishini bitta manbaga bog‘lab bo‘lmaydi. Ayrim olimlar aytganlariday, rasm— msmlar, “shomonlar”ning xatti-harakatlari ham ayrim belgilarning paydo boiishiga sabab bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Har bir xalqning yozuvi paydo boiish sabablarini, awalo, ichki omillardan, keyin tashqi omillardan qidirish maqsadga muvofiqdir.
Turkiy-run yozuvining topilish tarixi
Turkiy-run yozuvlari ham yuqorida biz qisqacha tavsif etgan Sharq yozuvlarining tarixiy yo‘lini bosib o‘tgan. Turkiy-run yozuvlari ilk bor topilgan paytdanoq bular yuzasidan ilk munozaralar boshlangan edi.
1721-yili D. Messershmidt boshchiligidagi ekspeditsiya Xakasiyaga
qadimdan sivilizatsiyalashgan yurtga keldi. Shundan boshlab dunyo ilmiy jamoatchiligiga “jumboqli yozuv” to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Messershmidtdan so‘ng G. I. Spasskiy Oltoyda (1818-y.), G. N. Potanin Tuvadan (1879-y.) run yozuvlarini topdilar. Turkiy-run yozuvlari dastlab lopilgan va hali hech kim o‘qiy olmagan paytda Germaniyaning qadimiy yozuvlariga tashqi tomondan o‘xshash boigani uchun, bu yozuvlar run (sirli) yozuvlari deb nom olgan edi. Ammo qadimgi turkiy yozuvning run yozuvlari bilan qarindoshligi tasdiqlanmadi, nom esa saqlanib qolaverdi. 1889-yili N. M. Yadrinsev Mo‘g‘ulistondan Kultiginga bag‘ishlangan yodgorlikni topdi. Kultigin bitigtoshining tepasida bitilgan xitoycha yozuvdan ma’lum bo‘ldiki, bitigtosh Turk xoqonligining lashkarboshisi Kul tiginga bag‘ishlangan ekan. Kul tigin to‘g‘risida Tan yilnomalarida ma’lumotlar berilgan va bu yilnomalar sharqshunoslarga yaxshi tanish edi. N. M. Yadrinsev topilmasidan keyin urxun yozuvi lermini paydo bo‘ldi. Bitigtoshlar Urxun daryosiga yaqin joydan topilgan uchun shu nom berildi. I. R. Aspelin 1889-yili Inscription de l’ lenisse (1889-y.) albomini nashr ettirgandan keyin yenisey yozuvi degan termin paydo bo‘ldi. U Inscription de I” Orkhon (1892-y. ) albomini chop ettirgach, urxun yozuvlariga e’tibor kuchaydi va Osiyo run yozuvlari umumlashtirilib, urxun-yenisey yozuvi degan bitta nom bilan ataladigan boMdi. Yozuvga nisbatan geografik terminning qo‘llanganiga sabab shuki, toshga o‘yib yozilgan mazkur matnlar qaysi xalq tomonidan qaysi tilda yaratilganini bir necha avlod aniqlay olmay keldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yaqin yuz yetmish yil davomida dunyoning ko‘p arxeologlari, tilshunoslari, tarixchi olimlari bu yozuvning “run” (sirli) emasligi borasida ko‘p mehnat qildilar. D. G. Messershmidt dunyoga yenisey yozuvlarini kashf qildi, N. M. Yadrinsev run yozuvlari deshifrovkasi uchun sharoit yaratib berdi, V. Tomson yozuv belgilari va tilini aniqladi, V. V. Radlov matn mazmunini tushuntirib berdi, S. Y. Malov runologiya sohasida filologlar maktabiga asos soldi va h. XVIII asrda D. Messershmidt uchta yenisey yodgorligini aniqlagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib yenisey yozuvidagi Janubiy Sibir yodgorliklari miqdori uch yuztadan ortdi va har yili arxeologlarning mehnatlari tufayli yangi yozuv yodgorliklari qo'lga kiritilmoqda. Turkiy qavmlar yashagan o‘lkalarda turkiy-run yozuvining yangi namunalari topilmoqda.
0‘rta Osiyodagi turkiy-run yozuvlari topilishining o‘ziga xos tarixi bor. Bu yozuvlar Turkistonda, garchi o‘tgan asrning o‘rtalarida topilgan bo‘lsa ham, mazkur yodgorliklarni o‘rganish XIX asrning oxirida shu o‘lkada boshlangan edi. Ö‘sha paytda Turkistonda havaskor arxeologlar to'garagi tashkil bo‘ldi. Avliyootadan topilgan birinchi qadimgi turkiy yozuvdagi bitigtosh ana shu to‘garak a’zolari tomonidan o‘rganilgan edi. Bu to‘garakning faoliyati ancha samarali bo‘lganini qayd etish darkor.
1925-yil 23-sentabrda “flpaima BocTOKa” gazetasida “Eski yodgorliklar bor edi” nomli maqola e’lon qilindi. Maqola muallifi mazkur gazetaning tahririyati edi. Maqolada 0‘rta Osiyo madaniy yodgorliklarini saqlash komitetining ekspeditsiya natijalari e’lon qilindi. Maqolada arxitektor M. M. Loginov va professor Denike Avliyootadan topilgan yodgorlik to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar. Bu yodgorlik aslida Avliyoota uyezdi boshlig‘i V. A. Kallaur tomonidan topilgan edi. 0‘zbekiston matbuotining o‘sha davrda mazkur qadimiy yodgorliklarga murojaat etgani va munosabat bildirgani muhim voqea edi.
1932-yili Talas vodiysining Aleksandr tog‘ tizmalari yon bag‘ridan
Achchiqtoshdan bir taxtacha topildi. Bu taxtachani M. Y. Masson topdi. Taxtachaning to'rtala tomoniga ham o‘tkir asbob bilan ingichka qilib yozuv bitilgan ekan. Taxtacha archa yog‘ochidan qilingan. Bu taxtacha hozirda Rossiya Davlat Ermitajida saqlanadi.
XX asrning 30-yillari turkiy-run yozuvlari sohasida ancha samarali natijalar qo‘lga kiritilgan davr bo‘ldi. 0‘sh atroflarida M. Masson va S. Y. Malov olib borgan arxeologik qazuvlar ko‘pgina turkiy-run yozuvlarini jamoatchilikka ma’lum qildi. Bu qazuvlar natijasini, xususan, turkiy- run yozuvlarini S. Y. Malov bilan M. Masson Toshkentda bir kitobcha holida nashr etdilar.
Ayni paytda shu yillar akademik A. Freyman Mug‘ tog‘idagi g‘ordan so‘g‘d yozuvi bitilgan 23 taxtacha topdi. Albatta, 0‘rta Osiyo, xususan, 0‘zbekistondan turkiy-run va so‘g‘d yozuvi yodgorliklari topilgandan keyin, turkolog va sharqshunoslar bu yozuvlarga befarq qolmadilar.
Urxun-yenisey bitigtoshlarini nashrga tayyorlash ishlari XIX asr oxirlarida boshlangan edi. V. Tomson, V. Radlovning bu sohadagi xizmatlarini alohida ta’kidlash darker. Bu yozuvning manbai to‘g‘risidagi iikr-mulohazalar XIX asr oxirida — Urxun bitigtoshlari ilk bor deshifrovka qilinayotganda bosiilangan edi.
V. Tomson o‘sha davrdayoq turkiy-run yozuvlari o‘rtasidagi farqlarga, xususan, Yenisey va Urxun daryolari bo‘ylaridan topilgan yozuvlar alifbosidagi farqlarga e’tibor berdi. Hozirgi paytda turkologiyada turkiy- run yozuvlarining bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, mustaqil holda rivoj lopgani to‘g‘risidagi qarashlarning zamini aslida V. Tomsonning nazariyasi asosida paydo bo‘lgan, desak xato bo‘lmaydi. Hozirgi paytga kelib turkiy-run alifbosining mustaqil rivojlangani to‘g‘risidagi qarashlar manbashunoslik oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ydi. Turkologiyada hukmron bo‘lib kelgan turkiy-run yozuvlariga hududiy yondashuv o‘z o‘mini alifbo xususiyatlariga tayangan holda tasnif qilish va turkiy-run yozuvlarini shu tamoyillar asosida o‘rganishga bo‘shatib berdi.
V. Tomson ham, V. Radlov ham yirik urxun bitigtoshlarini, xususan, Kul tigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq bitigtoshlarini nashrga layyorlaganlarida, ancha mas’uliyat bilan yondashganlar. Ularning laoliyati turkologiyaning nafaqat Rossiyada, balki dunyo miqyosida mustahkam fan sifatida qaror topishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, lurkologiyada paleografiyaning yordamchi fan sifatida shakllanishiga urxun-yenisey yozuvlarining genezisi to‘g‘risidagi qarashlar turtki bo‘lgan edi.
Keyinchalik turkologiyaning rivojiga S. Y. Malovning “naMATHH- kh apeBHeTiopKCKOH nHCMeHHOCTn” (M.—JI.: 1951), “EHHcencKafl

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin