Yana bir statistik ma’lumot: ayrim harfïar VIII asrgacha iste’moldan chiqib ketganini e’tiborga olsak, jami 48 alifbo bor edi.
UYG‘UR YOZUVI Yozuvning atalish tarixi Hozir «uyg‘ur yozuvi» nomi bilan atalayotgan qadimgi turkiy alifbo yozma manbalarda bir qancha nom bilan yurililgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit-turk» asarida uni «turkcha yozuv» deb tilga oladi. Alisher Navoiy o‘z maktublarining birida uni «turkcha xat» deb atagan. Manbalarda mazkur yozuv «uyg‘ur xati», «mo‘g‘ul xati» deb ham yuritilgan. Chunonchi, XIII asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri Puri Bahoi Jomiy o‘z she’rlaridan birida uni «uyg‘ur xati» (xatt-iuyguri:), mashhur tarixchi Ibn Arabshoh «Ajoibu-l-maqdur fï-navoibi Taymur» otli asarida «uyg‘ur xati», «Fokihatu-l-xulafo» asarida esa «mo‘g‘ul xati» degan. Ushbu yozuv «Hibatu-l-haqoyiq»ning 1480-yili Istanbulda Abdulrazzoq baxshi ko‘chirgan qo‘lyozmasida «mo‘g‘ul xati» atalgan.
Hozirgacha yetib kelgan uyg‘ur yozuvh yodgorliklarni ng eng eskilari islom davridan ancha burun yaratilgan. Ushbu obidalar o‘sha davr turklari ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifïy hayotining barcha sohalarini qamraydi. Ular adabiy, diniy-falsafiy, tarixiy, ilmiy asarlar, huquqiy, rasmiy-diplomatik bitiglar (yorliq, tilxat, guvohnoma va b.), xo‘jalik ishlariga oid matnlar, qabrtoshlar, tashrifnoma va boshqa turdagi matnlardir. Mavjud yodgorliklar ichida, ayniqsa, moniylik, buddaviylik, nasroniylik muhitida yaratilgan diniy-falsafïy asarlar salmoqli o‘ringa ega. Ularning ko‘pi anatkak (sanskrit), to‘xri (tohar), sug‘d, tavg'ach (xitoy) tillaridan qadimgi turkiyga o‘girilgan bo‘lib, o‘sha davr turk adabiyotida taijimachilik yuqori bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.
Uyg‘ur xatining joriy davri uzoq yuzyilliklarni qamraydi. Ayniqsa, uning turkiy xalqlar arab yozuvini qo‘llay boshlaganlaridan keyin ham o‘z mavqeini yo‘qotmagani e’tiborga sazovor. Ma’Iumki, X asrda qoraxoniylar davlatida islom rasman qabul qilindi. Ammo qo‘shni idiqut davlati buddaviylikni yoqlab, sharqiy turklar orasida islomning yoyiluviga yo‘l bermadi. Sharqiy turklar shu kezdan ikki dunyoga — «musulmonlar» va «musulmon bo‘lmaganlar»ga bo‘linib qoldi. Musulmon turklar ko‘p o‘tmay arab alifbosi asosida yangi yozuv yaratdilar. Natijada ular ikki — qadimdan davom etib kelayotgan turkiy- uyg‘ur va islom ta’sirida qabul qilingan arab xatidan foydalana boshladilar. Uyg‘ur yozuvi 0‘rta Osiyoda XV asrning oxirlariga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘Uanildi. Biroq, islom ta’siridan yiroqdagi turk-buddistlar yozuv an’anasini uzmay, XVIII asrda ham undan foydalanganlari ma’lum.
Muhimi shundaki, uyg‘ur xati o‘z tarixi davomida, hatto arab alifbosi bilan yonma-yon qo'llangan chog‘larda ham, turk davlat va saltanatlarining asosiy rasmiy yozuvi bo‘lib keldi. Mahmud Koshg‘ariy turklaming yozuvi haqida ma’lumot berar ekan, arab xatini emas, uyg‘ur xatini keltiradi. U yozadi: «Barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha — hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritilgan» (MK, I, 50). Temuriylar zamonida yashab o‘tgan tarixchi Ibn Arabshoh ham ushbu yozuvning «chig‘atoyliklar»da shuhrat topganligini ta’kidlab, yozadi: «Ular («chig‘atoyliklar») o‘zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, kitob, bitim, solnoma, she’r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va devonga tegishli hamma ishlarini, chingizona tuzuklarini shu yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ularning orasida xor bolmaydi. Chunki bu ularda rizq ochqichidir».
Alifbo tizimi va imlo prinsiplari Uyg‘ur aüfbosida harflar o‘n sakkizta. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit-turk» asarida uyg‘ur alifbosini keltiradi va har bir shakl ostida arab harflari bilan ularning ma’nosini ham beradi (MK,
47). Buni transkripsiyada ko‘rsatadigan bo‘lsak, o‘n sakkiz harfli mazkur ahfbo tubandagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: awxvzqyk Smnsbcrstl. Alifboda harflar soni oz bo‘lishiga qaramay, uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari puxta ishlangan edi. Qator harflarga bir emas, bir qancha tovushni ifodalash vazifasi yuklatilgan. Ayniqsa, yozuvning keyingi bosqichida (XI—XV asrlaming yodgorliklarida) ba’zi tovushlami farqlash maqsadida qo‘shimcha nuqta va ishoratlardan unumli foydalanilgan. Matnlarning imlo prinsiplari, ularda qo‘llanilgan qo‘shimcha ishoratlar yozuvning imkoniyatlari keng bo‘lganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham uyg‘ur xati uzoq yuzyilliklar mobaynida turkiy tilning fonetik-orfoepik talablarini bemalol qondirib keldi.
Alifbo tarkibidagi harflaming ko‘pvazifalilik xususiyati haqida Mahmud Koshg'ariy alohida to‘xtalgan edi. Uning ta’kidlashicha, turkiy tildagi yetti tovush uyg‘ur yozuvida maxsus belgisiga ega emas. Bular: p, z (sirg‘aluvchi), g, g, g hamda arabcha j, f lardir. Ushbu tovushlar yuqorida ko‘rsatilgan harflar bilan ifoda etilgan yoki ular singari ifodalanib, qo‘shimcha belgilar bilan farqlangan (MK, I, 48). Bundan yozuvda quyidagi tovushlar bir xil harflar orqali ifoda etilganligi ayon bo‘ladi: k-g, x-g, c-j-z, w-f. Sonor 13 esa yozuvda ikki harf (n+k) bilan berilgan.
Uyg‘ur alifbosi tugal bir tizimga ega. Alifbodagi harflarning o‘z oti ham bor. Ularning oti harf anglatgan tovushga «fatxa» qo'shib hosil qilingan: a, wa, xa, va, za, qa, ya, kä, 8a, ma, na, sa, ba, ca, ra, sa, ta, la. Yodlashni qulaylashtirish maqsadida alifbo harflarini tartib bilan uchta-uchtadan birlashtirilib, awaxa, vazaqa, yakäSa, manasa, bacara, satala tarzida o‘qilgan.
Uyg'ur alifbosidagi harflardan uchtasi, o‘rni bilan, unlilarni ifodalashga xizmat qilgan: harfi [a]-[ä~e] unlilarini, [y] undoshini ifodalovchi harfi [ï]-[i~e] ni, harfi esa [u]-[ü]-[o]-[ö] unlilarini anglatadi.
Yozuvda hatto old va orqa qator unlilar ham farqlangan. Yozuvning bu xususiyati sug‘d xatini turkchalashtirish jarayonida vujudga kelgan edi. Chunonchi, sug‘dcha yozuvda cho‘ziq [a:] tovushi qisqa [a] dan qo'shaloq ahf orqali yozüishi bilan farqlangan. Turklar sug‘d xatini o‘zlashtirish chog'ida uning ba’zi prinsiplarini o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Sug‘d xatida cho'ziqlikni anglatuvchi grafik belgilar uyg‘ur yozuvida cho‘ziq-qisqalikni emas, turkiy til uchun muhimroq bo‘lgan old va orqa qator unlilarini farqlashga xizmat qila boshladi. Turfondan topilgan qadimgi budda, moniy matnlarida so‘z boshida qo‘shaloq harfi orqa qator [a] ni, oddiy esa old qator [ä(~e)] unlisini ifodalagan. Keyinchalik orqa qator [a] tovushi uchun ham oddiy harfidan foydalaniladigan bo‘ldi. So‘z boshi va birinchi bo‘g‘inda old qator ingichka [ö]-[ü] unlilarini ifodalash uchun ham qo'shaloq belgidan foydalanilgan: «va» harfidan so‘ng «ya» ulangan. Old qator lablangan unlilar yozuvda shu usul bilan orqa qator [o]-[u] unlilaridan farq qiladi.
Matnlarda cho‘ziqlikni ifodalash uchun ba’zan harflarni qo'shaloq yozish hollari kuzatiladi. Masalan: oot — o‘t, olov, ööc — o‘ch, qasos, uul — asos, yool — yo‘l, tüüs — tush.
Muhim xususiyatlardan yana biri shuki, uyg‘ur xatida unlilar muntazam yoziladi. Mahmud Koshg‘ariy yozuvning bu xususiyatiga to‘xtalib, talafïuzda o‘mi yo‘qligiga qaramay (bunda qisqa unlilar nazarda tutilmoqda — Q. S. ) fatxa o‘rnida «alif», zamma o'mida «vav», kasra o‘rnida «ya» yozish qoida ekanligini ta’kidlagan edi (MK, I, 49). U misol tariqasida ayrim so‘zlarning uyg‘ur va arab yozuvlarida yozilish tartibini ham beigan. Arab xatida — KeLiN, uyg‘ur xatida — KELiN; arab xatida — TaPaN, uyg‘ur xatida — TAPAN (tuya tovoni) (MK, I, 384).
Qadimgi turkiy tilning uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklari Uyg‘ur xatida yetib kelgan yozma merosning katta bir bo‘lagini adabiy, diniy-falsafiy asarlar tashkil qiladi. Ulami yaratilgan davri, mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Tangrichilik (ko‘k tangri) diniy e’tiqodi davrida yaratilgan asarlar. Bunga uyg‘ur yozuvida bitilgan “0‘g‘uzxoqon” dostonini misol keltirish mumkin. Asar qoiyozmasi XIII—XIV asrlarda ko‘chirilgan bo‘lishiga qaramay, dostonning ildizlari turklarda tangrichilik diniy e’tiqodi amal qilgan davrlarga borib tutashadi.
Moniychilik davrida yaratilgan asarlar. Moniychilik davridan “Xuastuanift” tavbanomasi, she’riy asarlar va turli matnlarning parchalari saqlangan.
Buddaviylikka oid asarlar. Buddaviylik davridan nihoyatda ko‘p asarlar qolgan. Ular diniy-falsafiy mazmundagi she’riy hamda nasriy yo‘l bilan yozilgan yirik-yirik asarlardir.
Nasroniy mazmunli asarlar. Qadimgi turk muhitida nasroniylikning keng yoyilib ketmaganidan bo‘lsa kerak, turkiy tildagi nasroniy mazmunli asarlar oz qolgan.
Islom davrida yaratilgan asarlar. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarlari, shuningdek, ta’lim-tarbiya, bilimning qadr-u qimmati haqidagi she’riy parchalar islom davriga oid ilk yodgorliklardir.
Endi uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklaming muhimlari xususida so‘z yuritamiz.
“O‘g‘uzxoqon” dostoni. 0‘g‘uzxoqon haqidagi rivoyatlar turkiy badiiy adabiyotning eng eski, shuning bilan birga, keng tarqalgan namunalaridandir. Rivoyatlaming eng eskisi uyg‘ur xatida bitilgan bo‘lib, turkshunoslikda “0‘g‘uzxoqon” dostoni yoki “0‘g‘uznoma” deb ataladi.
Ushbu dostonning ildizi miloddan burungi chog‘larga tutashadi. Dostonda turkiy xalqlarning qadimgi inonch-qarashlari, turkiy qavmlarning kelib chiqish tarixi aks etgan. “0‘g‘uzxoqon” uzoq asrlar davomida sayqal topib, takomillashib kelgan xalq dostonidir.
“0‘g‘uzxoqon” dostonining qo‘lyozmasi hozir Parijdagi Milliy kutubxonada (Suppl. turk, 1001) saqlanmoqda. Qo‘lyozmada dostonning bosManishi ham, yakuni ham yo‘q. Matnning jami 42 sahifa (21 varaq). Har sahifada uyg'ur yozuvli matn 9 qatordan bitilgan bo‘lib, jami 376 satrdir. Qolyozmaning bitilgan sanasi ma’lum emas. Xat uslubiga qaraganda, chamasi, XIII—XIV asrlarda ko'chirilgan ko‘rinadi.
“Xuastuanift”ning qadimgi turkiy versiyasi.“Xuastuanift” moniylikning falsafiy-ta’limiy asaridir. Ilk o‘rta asrlarda asarning o‘rtancha eroniy, sug‘dcha, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan edi. Tavbanomaning turkiy versiyasi turk moniy falsafasining, shuning bilan birga, qadimgi turkiy til va moniylik davri turk adabiyotining qimmatli obidasidir.
Asarning to‘liq oti — N(i)gosaklarnïr) suyïn yazuqïn öküngü Huastuan(i)ft. Ushbu jumladagi n(i)gosak — sug‘dchadan o‘zlashgan bo‘Ub, “tinglovchi” ma’nosini anglatadi, u moniy diniy jamoasida nisbatan quyi darajani bildirgan; suy yazuq — jufl so‘z, “gunohlar, yozuqlar” degan ma’noni bildiradi; öküngü esa hozirgi “o‘kinuv, tavba qiluv” so‘ziga teng. Shulardan kelib chiqib, asarning to‘liq otidan “nig‘o‘shaklaming yozuqlarini o‘kinuvchi “Xuastuanift” degan ma’no kelib chiqadi.
“Xuastuanift”ning turkiy tarjimalari uyg‘ur va moniy yozuvlarida bitilgan. Qolyozmalari hozir Sankt-Peterburg, London va Berlin fondlarida saqlanmoqda.
“Xuastuanift”ning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxasi. Ushbu qo‘lyozma Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt- Peterburg bo‘limida saqlanmoqda. Asar uyg‘ur xati bilan o‘ram qog‘ozga bitilgan. Matnning bosh qismi chirib, titilib ketgan. Saqlanib qolgani 160 satrdan iborat. Yozuv shakli, xat uslubiga ko‘ra mazkur matnni uyg‘ur yozuvli yodgorliklarning eng eskisi deyish mumkin.
Asarning Britaniya Muzeyida saqlanayotgan nusxasi. Ushbu qolyozma moniy xatida bo‘lib, boshlanishi yo‘q. Saqlangani 338 qatordan iborat.
Berlinda saqlanayotgan nusxalar. Mazkur nusxalar asardan qolgan uzindilar bo'lib, moniy hamda uyg‘ur yozuvlarida. Chunonchi, Berlin fondida saqlanayotgan TIIY60; TM343 raqamli uzindilar uyg‘ur yozuvidadir.
“Xuastuanift”ning moniy xatidagina emas, uyg‘ur xatida ham bitilganligi o‘z davrida asarga e’tibor katta bo‘lganidan, uning turk moniy jamoalarida keng yoyilganidan dalolat beradi.
Olimlaming fikricha, “Xuastuanift” boshlab qadimgi eroniy tillarning birida yaratilgan. Keyinchalik, moniy ta’limotini kengroq yoyish maqsadida, boshqa tillaiga ham o‘girilgan. Uning turkiy versiyasi, taxminan, VIII asrda yaratilgan. Asar tilining ko‘k turk yodgorliklari tiliga juda yaqinligi, uyg‘ur yozuvli nusxaning xat uslubi, shuningdek, asaming moniy yozuvida ham tarqalganligi ana shundan guvohlik bermoqda.
“Xuastuanift” o‘n besh bo‘limdan iborat. Bo‘limlari bölüg deyilgan. Har qaysi bo‘lim o‘zining tartib ko‘rsatkichi bilan boshlanadi: ikinti, üciinc, törtünc, bisinc, altïnc va b. Bo‘limlar: T(ä)qrim amtï yazuqda bosunu ötünür-biz (Tangrim, endi gunohdan xalos etgin deya o‘tinurmiz) yoki T(ä)i3rim amtï ökünür-biz, yazuqda bosunu ötünür- biz (Tangrim, endi o‘kinurmiz, gunohdan xalos etgin deya o‘tinurmiz) jumlalari bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng m(a)nastar hirza ~m(a)nastar qirza [moniy yozuvli nusxalarda: m(a)nastar hirza ~m(a)nastar hirz] duosi keladi. Ushbu duo formulasi o‘rtancha eroniy tillardan o‘zlashgan bo‘lib, tangridan “Gunohimizni kechir!” [mna:sta:r hi:rz-a] deya qilingan iltijoni anglatadi. Ushbu duoni taijima qilmay, o‘ziday qo‘llash moniychi turklarda rusum bo‘lgan.
«Maytri simit no‘m bitig». Bizgacha yetib kelgan turk budda diniy- falsafiy yodgorliklaridan biri «Maytri simit no‘m bitig» (“Maytri bilan uchrashuv kitobi”) asaridir.
Asar asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda ta’limotining yirik bilimdonlaridan biri Aryachantri uni sanskritcha nusxadan tohar tiliga o'girgan. Toharcha nusxadan esa Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiyga taijima qilgan.
Hozirgi vaqtda “Maytri simit no‘m bitig”ning toharcha va qadimgi turkiy tildagi versiyalari ma’lum. Tohar tilidagi ikki qo‘lyozmasi Qorashahardan topilgan. Turkiy versiyalari esa uyg‘ur xatida bo‘lib, Turfondan topilgan. Ushbu yodgorliklar hozir Berlin va Urumchi qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.
“Maytri simit no‘m bitig”ning Qumul yaqinidan topilgan qo‘lyozmasi mavjud nusxalar orasida alohida o‘rin tutadi. Uyg‘ur yozuvli ushbu qo‘lyozma hozir Urumchidagi tarix muzeyida saqlanmoqda. Qo‘lyozma ancha uringan, ayniqsa, so‘nggi varaqlari titilib ketgan, parokanda. Shunga qaramay, qo‘lyozmaning ahamiyati katta. Xati nafis, e’tibor bilan bitilgan kitob. Aftidan, katta bir amaldor buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan ko‘rinadi.
Asarning turkiy tilga tarjima qilingan vaqti noma’lum. Asarning til xususiyatlari, mavjud nusxalarning xat uslubiga ko‘ra u taxminan VIII asrda turkiyga o‘girilgan deyish mumkin.
“Oltun yorug‘”.Turk-budda adabiyoti va falsafasining qimmatli asarlaridan yana biri “Oltun yorug‘” sutrasidir.
“Oltun yorug‘” buddizmning mahayana mazhabiga oid asar bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda sanskrit, xitoy va qadimgi turkiy versiyalarda tarqalgan edi. Asarning sanskritcha oti “Suvarnaprabhasa”, turkiy versiyasining to‘liq oti “Altun öglüg yaruq yaltriqlïg qopta kötrülmis nom iligi” (“Oltin tusli tovlanuvchi hammadan ustun no‘m tojdori”) dir. Matnda asar nom bitig, nom erdini, cin erdini, sutur, nom iligi sutur, sutur nom deb qayd etiladi. Bu atamalardan: nom bitig — “no‘tn kitob”, nom erdini — “no‘m javohir”, cin erdini — “chin javohir”, sutur — “sutra” degan ma’noni anglatadi.
Asar boshda anatkak (sanskrit) tilidan tabg‘ach (xitoy) tiliga taijima qilingan. So‘ngra beshbaliqlik Shingqu Sheli tudung uni tabg‘achchadan qadimgi turkiy til(turk uyg‘ur tili)ga taijima qilgan. Bu xususda oltinchi bo‘lim to‘rtinchi tegzinch yakunida: Bodisatv Gitsu Samtso atlïg acarï änätkäk tilintin tawgac tilincä ewrilmis ... bisbalïqlïg Sïgqu Seli tuduij tawgac tilintin türk uygur tilincä ikiläyü ewirmis (budisatva Gitsu Samtso1 ismli ustoz anatkak tilidan tavg‘ach tiliga o‘girgan ... beshbaliqlik Singqu Seli tudung tavg‘ach tilidan turk uyg'ur tiliga o‘girgan) jumlasini o‘qiymiz.
Säkiz ulug orunlartaqï caytilarnïr) ögdisi deb nomlangan boiim yakunida shunday qayd etiladi: Säkiz ulug orunlartaqï caytilarnïq ögdisin men Amogasiri acarï änätkäk tilintin türk uygur tilincä tärjri burxan togmïs ud yïlïn törtünc ay tört yigirmikä agdarïp öz iligin qoduru tegintim (Sakkiz qutlug‘ manzildagi ibodatxonalarning madhiyasini men Amogashiri ustoz anatkak tilidan turk uyg‘ur tiliga tangri burxon (ya’ni Budda) tug‘ilgan sigir yilining to‘rtinchi oy o‘n to‘rtinchi kunida o‘girib o‘z qo‘lim bilan tamomlab tugattim). Ushbu qayddan anglashiladiki, mazkur bo'limni Amogashiri degan kishi anatkak tilidan turk uyg‘ur tiliga tarjima qilgan va uning taijima varianti asar tarkibiga kiritilgan.
Asarning boshqalariga qaraganda to'liq qo'lyozmasini S. Y. Malov 1910-yili Sharqiy Turkistonga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya chog‘ida Gansu o‘lkasidan topgan (mazkur qo'lyozma fanda vingshigu nusxasi deb yuritilmoqda). Keyinchalik bu yurtdan asarning boshqa uzindilari ham topildi.
Vingshigu nusxasi hozir Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo'limida saqlanmoqda. Qo‘lyozma 1687-yili Dunxuanda ko‘chirilgan.
“Oltun yorug‘” o‘n ikki bo‘lim(bölüg)dan tuzilgan. Qism(tegzinc)lar boshida ularning sarlavhasi va tartib ko‘rsatkichi qayd etiladi.
Qo‘lyozma qadimgi hind potxi kitob usulida.
“Syuan-szan kechmishi”.Budda asarlaridan yana biri “Syuan- szan kechmishi” deb ataladi.
“Syuan-szan kechmishi”ning xitoycha va qadimgi turkiy versiyalari ma’lum. Turkiy versiyasi bundan ming yil muqaddam Quchu uyg‘ur davlatida xitoy tilidan “Tsi-in-chun no‘m bitig” nomi bilan tarjima qilingan. Asarning bittagina qo‘lyozmasi qolgan, u uyg‘ur xatidadir. Qo‘lyozma hozir bo‘laklarga bo‘lingan holda Parij, Pekin, Sankt- Peterburgda saqlanmoqda. Aftidan, qo‘lyozma kitob awal bir yerdan topilgan, keyinchalik har xil yo‘llar bilan turli fondlarga borib tushgan.
“Syuan-szan kechmishi” tan sulolasi davrida o‘tgan no‘mchi sayyoh Syuan-szanning Budda yashagan o‘lkalarga muqaddas safari xususidagi memuar bo‘lib, o‘zida o‘nlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi, qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy turmushiga, ular yashagan mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid ma’lumotlarni jamlagan. Asarning ikkala versiyasi ilk o‘rta asrlarda budda olamida keng tarqalgan edi.
0‘z zamonasining mashhur buddashunosi, no‘mchi achari (ulug‘ ustoz) nomini olgan Syuan-szan (turkiy matnda Xuinso) budda yo‘riqlari, qonun-qoidalari bitilgan no‘m bitiglarni olib kelish istagida g‘arbga — buddizm yurti Hindistonga safar qilgan sayyohlardan edi. U o‘n yetti yil davomida (629-645-yillar) bir yuz yigirmadan ortiq mamlakat va o‘lkalarda bo‘ldi. Budda tug‘ilgan tuproqqa borib, u yerdan olti yuz no‘m bitig keltirdi. So‘ngra tevaragiga budda sutra va shastarlarining bilimdonlarini yig‘ib, asarlarni anatkak tilidan tavg‘achchaga taijima qildilar.
Syuan-szan budda no‘mlarining mag'zini tushunish va ularni sharhlashda zamon olimlaridan o'zib ketgan edi. Shuning uchun budda ta’limotining bilimdoni, ulug‘ ustoz — samtso4 achari otini olgan. U qutlug' safari chogMda ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qiluvchi “G‘arb mamlakatlari xotiralari” (“Kirügi ellär ödigi”) otli asar yozgan. Keyinchalik uning shogirdi Xuey-li (turkiy matnda Xuilip) ana shu esdaliklar asosida “Syuan-szan kechmishi” asarini yozdi. Biroq Xuey- li bu asarni tugata olmadi. Uning o‘limidan keyin ushbu asarni Syuan- szanning boshqa bir shogirdi Yan-szun (matnda Xinsuij) yozib tugatdi. Asarni X asrda yashab o‘tgan olim va tarjimon beshbaliqlik Shingqu Sheli tutung qadimgi turkiy tilga o‘girgan.
Matnda asarning to‘liq oti “Bodisatvtayto Samtso acarinïi] yorïgïn uqïtmaq atlïg Tsi-in-cün tigmä kävi nom bitig” deb yozilgan. Bu yerda kävi — “epik” degan ma’noni anglatadi. Shunda u “Tan sulolasi davrida o‘tgan bo‘disatv Samtso1 achari (ya’ni Syuan-szan)ning hayoti haqidagi Tsi-in-chun otli epik no‘m bitig” degan tushunchani beradi. Yana asar nom bitig deb qayd etilgan. Nom so‘zi, odatda, qonun kitoblarini bildirgan. Bundan anglashiladiki, ushbu asar ham buddiylikning qonun kitoblaridan edi.
Qo‘lyozma potxi kitob shaklida. U butunicha saqlanmagan. Varaqlarining ko‘pi yo‘qolgan, ayrimlari titilib, bo‘laklarigina qolgan. Qo‘lyozma ko‘p varaqlanganidanmi, girdi uringan, ba’zi satrlarining yozuvini ham ilg‘ab bo‘lmaydi. Kitob to‘liq bo‘lmasa-da, saqlanib qolgan bo‘laklari asosida asarning tuzilishi, mazmunini tiklashning bir qadar imkoni bor.
Qadimgi turk she’rlari. Eng eski turkiy yozma yodgorliklar orasida qadimgi turk-moniy hamda budda muhitida yaratilgan she’rlar muhim o‘rin tutadi.
Moniylik davri turk adabiyotida basïk, kiig, taqsut, kiig taqsut kabi she’r turlari amal qilgan, budda adabiyotida esa qadimgi kiig~kög, taqsut~taput, qosuq~qosug, yïr~ïr bilan bir qatorda slok (Turk-moniy muhitida yashab ijod etganlardan Aprincho‘r tigin, budda adabiy muhitida ijod etgan shoirlardan Singqu Seli (~Shingqu Sheli) tudung, Ki-Ki, Piratya Shiri, Asig‘ tutung, Chisuya tutung, Qalim Keyshi kabilarning oti ma’lum.
Qadimgi turk-moniy hamda budda adabiy muhitida yaratilgan she’riy asarlar hozirgi kezda Berlin fondidagi Turfon xarobalaridan topib keltirilgan matnlar orasida saqlanmoqda. Mazkur she’rlarni A. f. Lekok, V. Bang, R. R. Arat transkripsiyasi, taijimasi va izohlari bilan nashr ettirganlar.