ma’nolarda qoilangan. Shulardan biri “qut, baxt” ma’nosi. Masalan, Yusuf Xos Hojib dostonining oti “Qutadgu bilig” shundan olingan, “Qutga, baxt-u saodatga yetkazuvchi bilim” degani. Qut so‘zi “erk, ozodlik” ma’nosida ham qo‘llangan. Masalan, qadimgi turk eposi “0‘g‘uzxoqon” dostonida shunday jumla bor: Men segä basïmnï, qutumnï berä-men (OD, 22, 6). Buni ruschaga
“K oxaaio
Te6e cboio rojioBy, cboio Ayiny”deb o‘girganlar (DTS,471). Aslida, bu jumladagi qut ni “jon” (“aynia, JKH3HeHHafl curia,
nyx”) deb emas, “erk, ozodlik” deb anglamoq kerak. Bu o‘rinda xonga bosh egish, taslim bo‘lish haqida so‘z bormoqda. Shunga ko‘ra, matnni “Men senga boshimni, erkimni beraman” deb o'girgan ma’qul. Ana shunda “senga erkimni beraman; senga bo‘yiinsinaman” degan ma’no kelib chiqadi. Hozirgi o‘zbek tilidagi qutïl, qutqar ham o‘sha so‘zdan: qutïl — “ozod bo‘l-”, qutqar
“ozod qil-” degani.
Qadimgi turklaming shunday maqoli bo‘lgan: Er qutï belirj, suw qutï teriij. Buni ruschaga
«,Z1,octomhctbo Myxa — b CTpaxe, uetmocTb Bojtfei — b rjiyÖHHe» deb tarjima qilganlar (DTS,94). Uyg‘urcha taijimasida bu maqolni “Erning quti (baxti) qo‘rqmaslikda, suvning quti cho‘ngqurlikda” deb o‘girganlar. Ushbu qadimgi turk maqolida qut — “quwat, kuch-qudrat” ma’nosidadir. Shunga ko‘ra maqol “Erning (yigitning) jasurligi qutqu chog‘ida (to‘s-to‘polonda) bilinadi, suvning qudrati tubida (bilinadi)” degan ma’noni beradi.
So‘zning morfem tarkibi matn yaratilgan davr me’yorlariga asoslanib belgilanadi. Tarixiy taraqqiyot, til me’yorlarining harakatlanishi oqibatida ba’zan o‘zak, ba’zan esa qo‘shimchalar iste’moldan chiqishi mumkin. Ba’zida ikkalovi unutilib, bir komponentga birikib ketadi. Natijada ularni ma’noli qismlarga bo'lishning iloji qolmaydi. So‘zning bunday holatini tabiatdagi ayrim kristallarga qiyoslash mumkin. Tabiatdagi ayrim qattiq moddalar qachonlardir suyuq yoki yumshoq holatda boigan, hozir ular zaranglashib, bo‘linmas holga kelib qolgan.
Tilda me’yoriy, odatiy holatlar bilan bir qatorda, tarixiy holatni ko‘rsatuvchi, lekin hozir harakat qilmaydigan relikt (qoldiq) hodisalar ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zning morfem tarkibiga ham aloqador. Xuddi shunday relikt holatlar hozirda «kristall» holiga kelib qolgan so‘zning o‘zagi, unutilgan qo‘shimchasi yoki har ikki komponenti bo‘luvi mumkin.
Qadimgi turkiy tilda
apa so‘zining “ona; opa, egachi” ma’nolari bilan bir qatorda “katta, ulug‘” ma’nosi ham bor. Masalan, ko‘k turk
;
bitiglarida
apa tarqan atamasi uchraydi. Bu so‘z tarkibidagi
tarqan ~tarxan unvondir. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha,
tarxan
bek. Islomiyatdan oldin qo‘llanilgan ism (arg‘ucha) (MK, I, 409). Apa tarqan atamasi tarkibidagi apa — “katta, ulug‘, bosh” ma’nosida; apa tarqan — “katta tarxon, bosh tarxon, bosh qo‘mondon” degani.
Apa ~aba “katta, ulug‘” ma’nosida aqrabolik (qarindosh-urug‘chilik) otlari tarkibida ham keladi. Masalan, eski o‘zbek tilida (“chig‘atoy turkchasi”da) abaga so‘zi qo‘llangan. Navoiy so‘zi bilan aytganda, turklar “atanïij apa (vä) inisin abaga” deganlar (ML,176). Mazkur so‘z apa ~aba+aga — “katta og‘a” degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi o‘zbek tilida ham apa ning “katta, ulug‘” ma’nosi qoldiq shaklida ayrim so'zlar tarkibida saqlangan: apagayï (
Ba’zi aqrabolik otlaridagi da uzvida ham “katta, ulug‘” ma’nosi mujassam. Masalan: dada, kelib chiqishi da-ada dan, ma’nosi — “katta ada”, ya’ni buva. Ushbu so‘zda da- uzvi bo‘lmasa, unda “katta, ulug‘” ma’nosi ham ifodalanmaydi. Demak, “kattalik” ma’nosi ayni uzv orqali anglashilayotgani tabiiy. Toshkentda “ota”ni dada deguchilar bor.
Yana bir misol: taga (
Shuning kabi, daya so‘zida “katta aya” ma’nosi bor.
Harqalay, dada, taga, daya so‘zlari tarkibidagi ta~da uzvida “katta, ulug‘” ma’nosi mujassamlashgani haqiqatga yaqin. Mazkur ta~da uzvini ayrim olimlar xitoychadagi “katta, ulug‘, bosh, yirik” ma’nosini beruvchi da so‘ziga bog‘laydilar. Biroq, ayrim asl turkiy so‘zlar tarkibida uning mavjudligi bu qarashni tamom inkor etadi (masalan, tag so‘zida).
Shunga binoan, uni boshqa tillar ta’sirida turkiyga o‘zlashgan deb qaramaslik kerak. U berisi bilan xun davri, ehtimol, oltoy davridan kelayotgan qoldiq bo‘lsa ajab emas.
Demak, yozma yodgorliklar grammatik jihatdan tahlil qilinganda so‘zlami morfemalarga ajratishda zamonaviy me’yorlarga asoslanib (ya’ni hozirgi o‘zbek tili normalariga tayanib) emas, balki bitiglar yaratilgan davr tilining grammatik normalariga tayangan holda ish ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: