So‘zning tarkibi So‘zlar tuzilishiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi. Tub so‘zlar asli muayyan ma’noni bildiruvchi morfem birlikdir. Ot, sifat, son, fe’l singari mustaqil so‘z turkumlari ham, shuningdek, yordamchi so‘z turkumlari ham tub so‘zlar bo‘luvi mumkin. Masalan, otlar: ï — “o‘simlik, buta”, ot — “dori-darmon”, ig — “kasallik”, qaz — “g‘oz”, qon - “qo‘y”, söz - “so‘z”; fe’llar: ba- “bog‘la-”, te- “de-”, ay- “ayt”, uq— “uq”, al- “ol-”, ked- “kiy-”, ber- “ber-”, ürk- “hurk” va b. Yasama so ‘zlar esa o‘zakka yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yoki mustaqil so‘zlarning grammatik birikishi tufayli yuzaga keladi.
So‘z tarkibideyilganda, o‘zak, negiz hamda so‘zning sintaktik munosabatini ta’minlovchi turli qo'shimchalaming birligi, so‘zning morfologik tizimi (strukturasi) tushuniladi. So‘z tarkibini tahlil qilishda, awalo, leksik hamda grammatik ma’no anglatuvchi komponentlami ajratib olish lozim. So‘z tarkibi leksik hamda grammatik ma’no anglatuvchi komponentlar birligidan iborat bo‘ladi.
So'zning leksik ma’no bildiruvchi komponentlariga o‘zak hamda negiz kiradi. 0‘zak — so‘zning eng kichik leksik ma’noli bo‘lagi. Negiz esa so‘zning ma’nosini beruvchi, eng katta leksik ma’noga ega bo‘lgan bo‘lagidir. Masalan: tïn- fe’liga ot yasovchi -c qo‘shimchasini qo‘shib, tïnc oti yasalgan. tïnc so‘zining o‘zagi (eng kichik leksik ma’noli bo‘lagi) tïn-, negiz esa ot yasovchi -c qo‘shimchasini qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan tïnc so‘zidir. Endi bu so‘zga -ï qo‘shimchasini qo‘shib, tïncï fe’lini yasaymiz. Bunday holda negiz ham o‘zgaradi: yangi yasalgan so‘z negiz bo‘ladi. Lekin o‘zak o‘sha-o‘sha turaveradi. Shuning uchun bir o‘zakdan yasalgan so‘zlarni o‘zakdosh so‘zlar deb ataymiz. Keltirilgan tïnc, tïncï so ‘ zlar i o‘zakdosh (bir o‘zakdan yasalgan) so‘zlardir. Demak, tïncï so‘zining tarkibi shunday: tïn+c+ï = tïn- >tïnc>tïncï~. Yana bir misol: qatïgtï (qattiq qilib, mahkam qilib) so‘zining tarkibi shunday: “qot-” anglamidagi qat- fe’liga sifat yasovchi -ïg qo'shimchasini qo‘shib qatïg so‘zi, unga esa -tï ravish yasovchisini qo‘shib qatïgtï so‘zi yasalgan. Bu so‘zni o‘zak-negizga ajratish tartibi ham yuqoridagi so‘z kabidir: qat-> qatïg>qatïgtï.
So'zning grammatik ma’no bildiruvchi komponentlariga qo‘shimchalar kiradi. Muhimi snundaki, so‘z tarkibiga yasovchi qo‘shimchalargina emas, yasovchi bo‘lmagan qo‘shimchalar (so‘z o‘zgartuvchi, shakl yasovchi) ham kirib ketadi. Chunki ularning bari so‘zni shakllantirishga, uning leksik-semantik, morfologik, sintaktik- stilistik o‘mini ta’minlashga xizmat qiladi.
Til tarixida ham qo‘shimchalar uch xil ko‘rinishda uchraydi: so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchi.