Nasoyim ul-muhabbat



Yüklə 95 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü95 Kb.
#122336
  1   2   3   4
8245-Текст статьи-19573-1-10-20230222



ALISHER NAVOIYNING “NASOYIM UL-MUHABBAT” TAZKIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY
TUSHUNCHALARNING QO‘LLANILISHI
JDPU O‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Umarova Lola Baxriddinovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasining leksikasida fors-tojik, arabcha so‘zlar eski o‘zbek adabiy tiliga xos ma’nolarda qo‘llangan so‘zlar aniqlanadi. Matnlarda ma’naviy-ma’rifiy paremiologik birliklarlarning qo‘llanish ko‘lami, miqdori, mazmun jihatidan o‘rganildi.
Kalit so‘zlar: Riyo, tavozu, tariq, muvatto, muvofaqat, ma’rifat, muhosaba, badiya, mustahiq,
Аннотация
В данной статье в тазкире Алишера Навои “Насоим уль-мухаббат” определены лексика персидско-таджикских слов,арабских слов, слов, уподреблямых в значениях, свойственных старо узбексому литературному языку.Объём применения духовна-просветительских паремиологических единиц в текстах последовательно изучался по объему, содержанию. Ключевые слова: Риво, тавазу, тарик, муватто, в соответствии, с просветительский, бодива крепкий.
Abstract
In this article, the lexicon of Persion-tajik words,Arabic words used in the meanings specific to the old Uzbek literary language in Alisher Navoi‘s “Nasoyim ul-muhabbat” were determined.The scope of application of paremiological units was studied consistently in terms of quantity in terms of quantity and content.
Key words: Rivo, tavozu, tarik, mnuwatto, muvafaqat, marifat, muhosaba, badiya, mustahiq.
Til bashariyatni boshqa jonzotlardan mumtoz, insonlarni bir-biri ila hamroz, ko‘ngil javohirini so‘z durlari ila namoyon etuvchi bebaho boylikdir.[4,3] Tazkirada ma’naviy-ma’rufiy tushunchalar o‘ziga xos so‘z qudrati ila boyitilgan. Qur’oni karim va hadisi shariflarga tayanilgan, ibrotomuz hikmatlar asarning fenominik salohiyatini oshiradi. Shoir yaratgan badiiy ijod durdonalari hajmi, kalimalar ya’ni so‘zlarning o‘z o‘rnida qo‘llanishi, badiiy yuksakligi jihatidan ham ustunlikka ega. Ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni quyidagi interfaol metodlar orqali dars jarayonida qo‘llash maqsadga muvofiq tarzda tanlanishi lozimdir. Evrestik suhbat, bahs usuli, konseptual jadval, amaliy ish bo‘yicha tanlov muhokamasi kabi o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida qo‘llanuvchi zavqli interfaol o‘qitish usullari bunga misoldir. Ushbu tazkirada bahsga sababchi bo‘lgan ayrim so‘zlar qudrati, sofligi, to‘g‘riligi, aniqligi ta’sirchanligini oshiruvchi ko‘plab hikoyatlarda buning isbotini uchratamiz. Masalan, tazkirada Sufyon Savriy q.s { Alloh uning sirini muqaddas qilsin} so‘zidurkim, riyoning nozik ma’nolarini tushunib yetmagan bo‘lar edim.
Riyo “arabcha ikkiyuzlamachilik” demakdir..Shomning Ramlasida ikki darvesh bir-biriga yetib muhabbat yuzidan ko‘rishdilar, muvofaqat bila o‘lturib, tavozu’ birla ayrildilar. “Yaxshi insonlarni tashrif buyurgan manzil xonadon – eng yaxshi joylardir.Va qadimdan Alloh yaxshilarni yaxshilar bilan kelishtirib qo‘ygan”, Abulhoshim so‘zidurkim igna bilan tog‘ni qozmoq takabburni ko‘nguldan chiqarmoqlik osondir. Abu Sulaymon Doroniyda ma’rifat bir ko‘rinishi sifatida “Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa, to‘yib ovqatlanishdir”. Va yana debdurlarkim, “Kimki, hamma narsadan uzilib, Allohga bog‘liqligini bildirmoqchi bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarni yelkasidan uloqtirib tashlashi vojibdir”, Hamul debdurkim , “Bandani tezroq Haqqa yetkazuvchi narsa muhosaba (“arabcha” G‘amxo‘rlik, e‘tiborlilik)dir. Ma’rifat “arabcha arafa bilmoq, tanimoq” demakdir. Avvalombor, Haqni tanimoq “Ma’rifatning ibtidosi-yolg‘iz Haq bilan bo‘lish uchun nafsni poklashdir” deyiladi. Tazkiradagi hikoyatlarning aksariyatida ko‘plab arabiy va forsiy kalimalar o‘rin egallagan.Arab tilida kalimalar ya’ni so‘zlar uch turga bo‘linadi. Arab tilida kalima deb, ma’noli bir so‘zga aytiladi. Kalima harflardan yasalib, bir harflidan to yetti harfligicha bo‘lishi mumkin. Kalima ism, fe’l, harf deb ataladi.Tazkiradagi yigirma sakkizinchi hikoyatni quyidagi 6 –sinf darsligidagi Ismlarning munosabat shakllari mavzusiga oid ism haqida qoida, hamda 91-mashq orqali tazkiradan bir rivoyat orqali misol qilib olsak bo‘ladi. Ya’ni Matnni o‘qing. Matndagi so‘zlarni mustaqil so‘z turkumga ajrating, ularni qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang [5,36].

Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin